O‘zbekistonliklar Yaponiyaga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Fuqarolar texnik stajyorlik dasturi asosida qurilish ishlariga hujjat topshirishlari mumkin. Oylik ish haqi 180 mingdan 200 ming iyenagacha ($1200−1500, brutto).
Nomzodlar yapon tilini kamida N5-Т4 darajada bilishi 18−30 yoshda hamda maktab, litsey yoki kasb-hunar kollejini tamomlagan bo‘lishi kerak.
Bundan tashqari, 3 yildan 8 yilgacha ishlashga tayyor bo‘lish talab etiladi.
Ish vaqti haftasiga 45 soatni tashkil etadi. Qo‘shimcha ish soatlari uchun ustama haq to‘lanadi.
Aviachipta, aeroportdan kutib olib, yashash joyigacha transfer ish beruvchi hisobidan qoplanadi. Nomzodlar suhbat asosida o‘tkaziladi.
Nomzodlar joriy yilning 25-oktabr kuni 17:00gacha havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Batafsil ma’lumotlarni 71 202 33 55, 71 200 00 61 yoki 1282 qisqa raqamlaridan olish imkoniyati mavjud.