“Runway” startapi o‘zining “Act-One” sun’iy intellekt vositasini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya rasmiy veb-saytida xabar berildi.
Ushbu vosita video va ovoz yozuvlari yordamida animatsiya yarata oladi. Shuningdek, haqiqiy insonlarning mimikasi va ovozidan foydalanib, animatsion qahramonlar yaratishi mumkin.
Sun’iy intellekt vositasi kinomotografik va real natijalar yaratish uchun ham ajoyib va yuqori sifatli yuz animatsiyasini saqlab qoladi.
Bu qobiliyat ijodkorlarga haqiqiy his-tuyg‘ular va ifodalarni ifodalovchi ishonchli personajlarni ishlab chiqishga imkon beradi va tomoshabinning kontentga aloqasini kuchaytiradi.
Bitta aktyor ssenariydagi turli personajlarni o‘qish va o‘ynash orqali hikoya mazmunini yaratishi mumkin.
Vosita orqali turli uslublarda videolarni yaratish imkoniyati ham mavjud. Biroq ushbu vosita taniqli shaxslar ishtirokidagi videolarni animatsiyaga aylantira olmaydi.
Kompaniya “Act-One” vositasini tez orada barcha foydalanuvchilar uchun ochiq qilishni va’da qilmoqda.
Avvalroq “Spot” “Adobe” matn va tasvirlardan video yaratish uchun sun’iy intellekt modelini chiqargani haqida yozgandi.
Model 2D va 3D animatsiyalarni yaratishi, haqiqiy holatlarga taqlid qila olishi mumkin. Videoning maksimal uzunligi to‘rt soniyani tashkil qiladi.