E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan.


Markaziy bankning 24-oktabr holati bo‘yicha bergan ma’lumotida, dollarning so‘mga nisbatan qiymati 12 827,90 so‘mni tashkil qilmoqda.

Amerika valyutasi 22-oktabr kuni belgilangan 12 817,85 so‘m qiymatga nisbatan 10 so‘m 5 tiyinga qimmatladi.

24-oktabr kuni “Ziraat Bank Uzbekistan”, “Orient finans bank”, “KDB Bank Uzbekistan”, “Infinbank” va “Mikrokreditbank"da sotish kursi 12 890 so‘mni tashkil etmoqda. Qolgan banklarda esa sotish narxi 12 885 so‘mdan 12 830 so‘mgacha belgilandi.

Banklarda sotib olish narxi esa 12 800 so‘mdan 12 765 so‘mgacha yetdi.


23-oktabr kuni dollar kursi joriy oyda sakkizinchi marta rekordni yangilab, 12 827,90 so‘mni tashkil qildi.

Bungacha dollar kursi 22-oktabr, 18-oktabr, 17-oktabr, 14-oktabr, 7-oktabr, 4-oktabr va 2-oktabr kunlari rekord darajani qayd etgandi.

O‘tgan yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi birinchi marotaba 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilishdir.