2024-yilning 24-oktabr kuni “UZCARD FORUM 2024"da “Yagona umumrespublika protsessing markazi” AJ va “Hamkorbank” ATB o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu muhim voqea har ikki tomonning moliyaviy texnologiyalarni yanada rivojlantirish va o‘zaro munosabatlarni mustahkamlashga tayyorligidan dalolat beradi.
Memorandum bozorning turli segmentlari mijozlari uchun bank kartalarini chiqarish orqali naqd pulsiz to‘lovlardan foydalanishni rag‘batlantirishga qaratilgan “UZCARD sodiqlik platformasi” loyihasini amalga oshirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Loyiha foydalanuvchilar uchun naqd pulsiz tranzaksiyalarning qulayligi va jozibadorligini oshirish imkonini beruvchi sodiqlik dasturini yaratish va rivojlantirishga qaratilgan.
Ushbu kelishuv kompaniyalarning moliya sektorini rivojlantirish va elektron to‘lovlarni ommalashtirish, shuningdek, naqd pul aylanmasini qisqartirishga sodiqligini ta’kidlaydi. Xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va naqd pulsiz to‘lovlardan foydalanishni rag‘batlantirishga qaratilgan birgalikdagi sa’y-harakatlar O‘zbekistonning yanada zamonaviy va samarali to‘lov infratuzilmasini yaratishda muhim rol o‘ynaydi.
Memorandumning imzolanishidan ko‘zlangan maqsad:
- moliya bozorining asosiy ishtirokchilari o‘rtasida texnologik hamkorlikni mustahkamlash va tajriba almashish;
- O‘zbekiston moliyaviy ekotizimini kengaytirish va takomillashtirishga, shu jumladan naqd pul aylanmasini qisqartirishga hissa qo‘shish;
- naqd pulsiz to‘lov tizimlarining qulayligi va xavfsizligini oshirishga qaratilgan innovatsiyalarni rivojlantirish.
“Biz eng yaxshi bozor amaliyoti va texnologiyalariga tayangan holda mijozlar tajribasini yaxshilashga intilamiz. Sodiqlik dasturlari shunchaki imtiyoz emas, balki mijoz bilan munosabatlarni o‘rnatish kalitidir. Bozor raqobati sharoitida bunday dasturlar moliya muassasasi va mijoz o‘rtasida ko‘prik bo‘lib, ishonch va o‘zaro manfaatdorlikka asoslangan noyob aloqani yaratadi”, — dedi “Hamkorbank” hamkorlik xizmati direktori Iskandar Axmedov.
Reklama huquqlari asosida.