Sentabr oyida milliy valyutadagi kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavkalar yillik 23,2%gacha pasaydi, deya xabar berdi Markaziy bank.

Muddati bir yildan kam bo‘lgan kreditlar bo‘yicha ko‘rsatkich 0,8%ga kamayib, 23,3%ni tashkil etdi. Uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha stavka 23,2%ni tashkil etdi yoki avgust oyiga nisbatan 0,2%ga kam.

kreditlar, stavka, sentabr

Jismoniy shaxslar uchun kreditlar sezilarli darajada arzonlashdi — o‘rtacha stavka 23,8% (-0,7%), asosan bir yil va undan ko‘proq muddatga (-0,6%) kreditlar hisobiga. Qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha stavkalar biroz oshdi va 25,4%ni tashkil etdi.

Korporativ kreditlar segmentida foiz stavkalari deyarli o‘zgarishsiz qoldi — 22,7%. Uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha stavkalarning 22,6% (+0,2%) gacha oshishi segmentdagi pasayishning bir yilgacha (-0,9%; 23,1% gacha) muvozanatini ta’minladi.

kreditlar, stavka, sentabr

Xorijiy valyutadagi qarzlar bo‘yicha o‘rtacha stavka biroz pasayib, 10,6%ni (-0,1%) tashkil etdi. Qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rsatkich 11,4% (+0,7%) yangi rekord darajaga yetdi, uzoq muddatli kreditlar esa biroz arzonlashdi — stavka 9,9% (-0,8%) ga tushdi.


Avvalroq “Spot” yil boshidan buyon O‘zbekistonda ipoteka krediti oluvchilar soni 20%ga qisqargani, o‘rtacha kredit miqdori esa oshgani haqida yozgandi.