Norvegiya hukumati ijtimoiy tarmoqlarga kirish uchun yosh cheklovlari kuchaytirilishi, minimal yoshni 13 yoshdan 15 yoshgacha oshirish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi, deb yozadi “The Guardian”.
Qaror bolalarni texnologiya kompaniyalari ta’siridan himoya qilish kampaniyasining bir qismi sifatida qabul qilindi, bosh vazir Jonas Gahr Styorning so‘zlariga ko‘ra, “katta texnologiya gigantlari bolalar miyasiga qarshi pul tikishmoqda”.
Ijtimoiy tarmoqlar noto‘g‘ri qo‘llanilayotgani va foydalanuvchilarni “tor fikrli va loqayd” qilib qo‘yishi mumkinligi haqidagi da’volar fonida Norvegiya bosh vaziri siyosatchilar bolalarni algoritmlar ta’siridan himoya qilish uchun aralashishlari kerakligini aytdi. Bu oson ish bo‘lmasligini e’tirof etgan holda, tegishli choralar ko‘rish muhimligini ta’kidladi.
Hozirda 13 yosh chegarasiga qaramay, tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yosh bolalarning aksariyati allaqachon ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmoqda. To‘qqiz yoshlilarning 50%dan ortig‘i, o‘n yoshlilarning 58% va o‘n bir yoshlilarning 72%ning oz akkauntlariga ega.
Bolalarning kirishini cheklash uchun hukumat maxfiylik qonunlarini o‘zgartirish niyatida, bunda foydalanuvchilarning ma’lumotlarini qayta ishlashga rozilik berishdan oldin 15 yosh va undan katta bo‘lishini talab qiladi. Shuningdek, yoshni tekshirish tizimini ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Hukumat ushbu cheklovlar inson huquqlarini buzmasligini ta’minlashning turli usullarini ko‘rib chiqmoqda, jumladan, bank hisobvarag‘i orqali yoshni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish.
Avvalroq “Spot” Avstraliyada 16 yoshgacha bo‘lganlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi taqiqlanishi haqida yozgandi.
Mamlakat Bosh vaziri Entoni Albanese bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini cheklovchi federal qonunlar yil oxirigacha kuchga kirishini ma’lum qildi.