Yagona umumrespublika protsessing markazining ma’lum qilishicha, 24-oktabr kuni soat 12:10dan 12:30gacha texnik va profilaktik ishlar olib borilgan.
Shu sabab, “Uzcard” infratuzilmasidagi ATMlarda, E-POS, POS terminallarda aloqa ulanishida qisqa muddatli uzilishlar, xalqaro to‘lov tizimlari, xorijda kobeyj kartalariga xizmat ko‘rsatishda uzilishlar yuz bergan.
Ayni paytda “Uzcard” to‘lov tizimida uzilishlar kuzatilmoqda.
24-oktabr kuni soat 12:30 holatiga ko‘ra, mazkur to‘lov tizimi orqali ayrim bank va to‘lov operatorlari ilovalarida o‘tkazmalarni amalga oshirish imkoniyati cheklandi.
Hozircha, Yagona umumrespublika protsessing markazi matbuot xizmati bu bo‘yicha ma’lumot taqdim etgani yo‘q.
Kompaniya saytida 23-oktabr kuni soat 01:00dan 01:30gacha texnik va profilaktik ishlar olib borilishini ma’lum qilingan. Shundan kelib chiqib, “Uzcard” infratuzilmasidagi E-POS terminallarda aloqa ulanishida qisqa muddatli uzilishlar ehtimoli haqida xabardor qilindi.
Bundan oldin, 12-avgust kuni “Uzcard"da texnik va profilaktik ishlar olib borilishi sababli uzilishlar yuz bergandi. Xususan, infratuzilmasida E-POS xizmat ko‘rsatilishida uzilishlar kuzatilishi qayd etildi.