“LinkedIn” Yevropa Ittifoqida $310 mln yevro (taxminan $334 mln) miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda “Phone Arena” nashri xabar berdi.
Bunga Irlandiya ma’lumotlarni himoya qilish komissiyasi kompaniya target reklama uchun o‘z ishtirokchilarining shaxsiy ma’lumotlarini xulq-atvor tahlilini noto‘g‘ri ishlatganini aniqlagani sabab bo‘lgan.
Qarorda aytilishicha, “LinkedIn” o‘zi va uchinchi shaxslar tomonidan to‘plangan ma’lumotlarni qayta ishlash uchun tegishli rozilik, qonuniy manfaat yoki shartnoma zaruriyatini ta’minlamagan holda ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha umumiy reglamentni buzgan.
Ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha umumiy reglament — bu ma’lumotlar maxfiyligi va xavfsizligini himoya qilishga qaratilgan Yevropa Ittifoqi qoidalari hisoblanadi.
“Qayta ishlashning qonuniyligi ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunning asosiy jihati bo‘lib, shaxsiy ma’lumotlarni tegishli huquqiy asoslarsiz qayta ishlash ma’lumotlar subyektining ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha asosiy huquqini aniq va jiddiy buzish hisoblanadi”, — dedi Irlandiya ma’lumotlarni himoya qilish komissiyasi komissari o‘rinbosari Grem Doyl.
Qaror 2018-yilda fransuz notijorat tashkiloti “La Quadrature Du Net” tomonidan berilgan shikoyatdan kelib chiqqan. U “LinkedIn” foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini qonuniy, adolatli va shaffof tarzda qayta ishlagani yoki yo‘qligi yuzasidan tergov boshladi.
Ish dastlab Fransiyaning ma’lumotlarni himoya qilish boshqarmasiga yuborilgan va keyinchalik “LinkedIn"ning Yevropadagi bosh qarorgohi Irlandiyada joylashgani uchun komissiyaga o‘tkazilgan.
Avvalroq “Spot” “Yevropa Ittifoqi” regulyatori “Meta” kompaniyasini 91 mln yevro jarimaga tortgani haqida yozgandi.
Jarimaga kompaniya ba’zi foydalanuvchilarning parollarini himoyasiz yoki shifrlashsiz saqlaganligi sabab bo‘lgan.