“Intel” yana 516ta ish o‘rinlarini qisqartirishni e’lon qildi. Bu haqda “ixbt” nashri xabar berdi.

Qisqartirish kompaniyaning butun dunyo bo‘ylab 15 000 nafar xodimga ta’sir qiladigan ishdan bo‘shatish jarayonining yangi to‘lqini hisoblanadi.

Ushbu qaror kompaniya bir necha kun oldin shimoliy San-Xoseda 47ta ish joyini qisqartirishni e’lon qilganidan keyin qabul qilindi.

Santa-Klaradagi ish o‘rinlarining qisqarishi kompaniyaning shahar shtab-kvartirasida atigi 54 ta ish joyini qisqartirishni rejalashtirganligi haqidagi oldingi hisob-kitobning takomillashtirilishi va sezilarli darajada oshishi hisoblanadi. Ushbu qaror 15-noyabrda kuchga kiradi.

“Intel “bosh direktori Pat Gelsinger ish joylarini qisqartirishni “og‘riqli” deb atadi va bu xodimlar uchun qiyin bo‘lishini tan oldi.

Biroq, kompaniya ishdan bo‘shatilgan ba’zi xodimlar Intelda ishlashda davom etishi mumkinligini ochiq qoldirdi.

Avgust oyida kompaniya operatsion xarajatlarni kamaytirish uchun 19 mingga yaqin xodimni qisqartirishi haqida xabar berilgandi.

“Bu kompaniyaning 2025-yilda $10 mlrddan ko‘proq tejashga yordam beradigan biznesni optimallashtirish rejasining bir qismidir”, deyiladi kompaniya bayonotida.

Qisqartirish kompaniya xodimlarining 15%iga ta’sir qiladi, hozirda kompaniyada 125 mingdan ortiq xodim ishlaydi.

Qayd etilishicha, daromad ko‘rsatkichlari “Intel” kutganiga mos kelmaydi va xarajatlar esa juda yuqori bo‘lmoqda.

2024-yilning ikkinchi choragi natijalariga ko‘ra, kompaniya daromadi $12,8 mlrdni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1%ga kam. Sof zarar — $1,61 mlrd, Bu o‘tgan chorakga nisbatan $437 mlnga ko‘pdir.

Bundan tashqari, “Intel” marketing va ilmiy-tadqiqot ishlariga (tadqiqot va ishlanmalar) sarflanadigan xarajatlarni 2026-yilga qadar milliardlab dollarga qisqartiradi. Va u 2024-yilda kapital xarajatlarni 20%ga qisqartiradi.

Yangilikdan so‘ng ishlab chiquvchining aksiyalari 20%ga tushib ketdi. 2024-yil 1-avgustdagi savdolar yopilganda, har bir qimmatli qog‘oz $29,05 baholandi. Savodlar yopilgandan so‘ng, postmarket $23,04ni tashkil etdi.


Avvalroq “Spot” “Meta” “WhatsApp”, “Instagram” va boshqa kompaniyalaridagi xodimlarini ishdan bo‘shatayotgani haqida yozgandi.

Ishdan bo‘shatishlar kompaniya o‘z resurslarini uzoq muddatli strategik maqsadlar va geografik rejalariga muvofiq qayta taqsimlayotgani bilan bog‘liq.