Kam ta’minlangan oilalar gaz va elektr energiyasi uchun bir martalik kompensatsiya beriladi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
2024-yilda 1,4 mln oila, jumladan, “Yagona ijtimoiy himoya reyestri” orqali moddiy yordam oluvchilar ham avtomatik ravishda 270 ming so‘m kompensatsiya oladi.
Mazkur kompensatsiya uchun davlat budjetidan 370 mlrd so‘m ajratildi. Oktabr oyi oxirigacha “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, Mahalla uyushmasi va hokimliklar ehtiyojmandlar ro‘yxatini shakllantiradilar.
Ajratilgan mablag‘lar isitish mavsumida gaz va elektr energiyasiga xarajatlarni qisman qoplashga yordam beradi.
Ehtiyojmandlarga ko‘mak berish uchun, davlat yilda bir marta quyidagilar bo‘yicha yordam puli to‘laydi:
asosiy ro‘yxat bo‘yicha. Unga “Yagona ijtimoiy himoya reestri” orqali bolalar nafaqasi va/yoki moddiy yordam oladigan oilalar kiradi (1,2 mln oila);
qo‘shimcha ro‘yxat bo‘yicha. Unga boshqa ehtiyojmandlar kiradi (180 ming oila).
Agar oila “Yagona ijtimoiy himoya reyestri” orqali bolalar nafaqasi va/yoki moddiy yordam oladigan bo‘lsa, kompensatsiya avtomatik ravishda o‘sha kartaga tushadi. Hech narsa qilish talab etilmaydi.
Bir martali kompensatsiyani qo‘shimcha ro‘yxatdagi kam ta’minlanganlar — boquvchisini yo‘qotgan oilalar, yolg‘iz onalar, nogironlar va boshqa ehtiyojmandlar ham oladilar.
Ijtimoiy himoya milliy agentligining ma’lum qilishicha, pul kartaga 2024-yil 27-noyabrdan keyin o‘tkaziladi.