Akmal Raimov O‘zbekistondagi “Dodo Pizza” rahbari lavozimidan ketdi. Bu haqdagi ma’lumotni “Spot"ga pitseriyalar tarmog‘ining sobiq direktori tasdiqladi.

“Rasman 1-sentabr holatiga ko‘ra, men “Dodo Pizza"da ishlamayman. Hozir men marketing va media-loyihalarda to‘liq biznes bilan shug‘ullanyapman”, — dedi u “Spot"ga bergan izohida.

Shunga qaramay, Akmal Raimov bir qator vakillik funktsiyalarini bajarib, “Dodo Pizza” bilan loyihalarda hamkorlik qilishda davom etmoqda. U uch yil davomida mamlakatdagi pitseriyalar tarmog‘iga rahbarlik qilgan.

Hozirda Toshkent shahrida 10ta “Dodo Pizza” filiali mavjud bo‘lib, ularning yarmi o‘tgan yili ochilgan.

Bundan tashqari, kompaniya poytaxtda 25ta va O‘zbekiston shaharlarida yana 50ta pitseriya ochishni rejalashtirgan, jumladan, mahalliy tadbirkorlarga subfranshizalarni sotish yo‘li bilan.


Avvalroq “Spot” “Dodo Brands” bir yil ichida ikkinchi marta bosh direktorni almashtirgani haqida yozgandi.

Dmitriy Solovyov hozirda bosh direktor lavozimida ishlayotgan Alena Tixovaning o‘rniga yangi bosh direktor sifatida tayinlanadi.