iPhone 16 Pro vs iPhone 15 Pro — qaysi birini tanlash kerak?
“Spot” “Apple” kompaniyasining o‘tgan yili va joriy yilda taqdim qilingan gadjetlarini taqqoslaydi.
Xorijiy valyutadagi qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi qanday bo‘ladi? Ekspert izohi
Uzum prognozlariga ko‘ra, qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlardan keyingi dastlabki yilda kompaniyalar $90 mlnlik obligatsiyalar chiqarishadi, ularning 60%ini esa xorijiy investorlar sotib olishadi.
O‘zbekistonda blogerlar faoliyati: reklamalar narxi, soliqlar to‘lovi va kompaniyalar bilan qanday hamkorlik qilinishi haqida
PR-menejer, FACES agentligining asoschisi Sabina Bakiyeva mamlakatdagi inflyuens-marketing, kelgusi yillardagi trendlar, blogerlarning reklama beruvchilar bilan ishlash sharoitlari, narxlar va muammolar haqida so‘zlab berdi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Kambag‘al oilalarga gaz va elektr energiyasi to‘lovi uchun bir martalik kompensatsiya beriladi.
Bir martalik kompensatsiya miqdori 270 ming so‘mni tashkil qilib, mablag‘lar isitish mavsumida gaz va elektr energiyasiga xarajatlarni qisman qoplashga yordam beradi. - 2025-yilda Moskvada migrantlar uchun tajriba tarzida elektron guvohnomalar joriy etiladi
Bunday hujjatda chet ellik haqidagi barcha ma’lumotlar: kelgan sana, biometrik ma’lumotlar, ish joyi, yashash uchun ruxsatnoma, qayerda ro‘yxatdan o‘tgani bo‘ladi. - Endi mehnat migrantlariga 10 mln so‘mgacha mikrokreditlar beriladi.
Xususiy bandlik agentliklariga nisbatan moliyaviy talablar ikki barobardan ortiqqa qisqartirilmoqda. - Uy-joyini yaxshilashga muhtoj fuqarolarga ipoteka kreditini berish tartibi tasdiqlandi.
Uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashga 120 mln so‘mgacha ipoteka kreditlari beriladi. Buning uchun fuqarolar kambag‘allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va doimiy ish o‘rniga ega bo‘lishlari kerak. - O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 5,1 mln so‘mni tashkil etdi.
Hududlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich 8,6 mln so‘m bilan Toshkentga, eng past ko‘rsatkich esa 3,6 mln so‘m bilan Qashqadaryoga to‘g‘ri keldi. - Dollar kursi navbatdagi rekord darajani qayd etdi.
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 10 so‘m 5 tiyinga oshib, 12 827,90 so‘mni tashkil etdi. - O‘zbekneftgaz AI-92 benzinini birjaga chiqarishni boshladi.
Buxoro neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqarilayotgan yoqilg‘i narxi bir tonna uchun 11,5 mln so‘mdan oshdi. - Saudiya Arabistonida dunyodagi eng katta kubik bino qurilishi boshlandi.
Balandligi 400 metr bo‘lgan binoning qurilishi 2030-yilgacha yakunlanishi rejalashtirilgan. - Germaniya 4 kunlik ish haftasi tajriba loyihasini yakunladi.
Qayd etilishicha, ish vaqtining qisqarishiga qaramay, ularning daromadlari o‘zgarishsiz qoldi yoki hatto ko‘paydi. - Aviakompaniyalardan yo‘lovchilarning 200 mln so‘mga yaqin mablag‘lari undirib berildi.
Shu kungacha avia tashuvchilar xizmatlari bo‘yicha 200dan ortiq iste’molchilardan murojaatlar kelib tushgan.
Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar
“Humans” hisobini endi “Alif” ilovasida to‘ldirish mumkin
“Humans” mobil aloqasi xizmatlariga to‘lov qilish yanada osonlashdi — endi buni “Alif” orqali bir nechta tugmani bosgan holda amalga oshirish mumkin.
Imkoniyat va sovrinlar yili: “Click Marafon” aksiyasini boshladi
“Click” keng ko‘lamli “Click Marafon” aksiyasini boshladi, unda KIA K5 avtomobillari, shuningdek, iPhone 16 Pro, PS5, Dyson va boshqa ko‘plab qimmatbaho sovg‘alarni yutib olish mumkin.
“Uzcard” va “Hamkorbank” “UZCARD FORUM 2024” doirasida memorandum imzoladi
Kelishuv tomonlarning texnologik hamkorligini mustahkamlash, tajriba almashish va elektron to‘lovlarni ommalashtirish, shuningdek, naqd pul aylanmasini qisqartirishga qaratilgan.