O‘zbekistonda elektron xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar 2024-yilning to‘qqiz oyida qancha soliq to‘lagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Yanvar-sentabr oylarida mamlakatdagi jami 61ta xorijiy kompaniya tomonidan to‘langan soliqlar miqdori 101,9 mlrd so‘mni tashkil etdi. Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 barobarga o‘sgan.
To‘langan soliqlarning 99,9%i elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi.
Birinchi yarim yillikda 41,1 mlrd so‘m bilan “Meta” eng ko‘p soliq to‘lagan xorijiy kompaniya bo‘ldi.
Undan keyingi o‘rinlarni 26,1 mlrd so‘m bilan “Google” hamda 22,6 mlrd so‘m bilan “Apple” kompaniyalari egalladi.
Shuningdek, bu davrda “Amazon” tomonidan to‘lagan soliqlar hajmi 3,7 mlrd so‘mni, “Booking.com"da esa 2,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.
O‘zbekistonda eng ko‘p soliq to‘lovchi Top-10ta xorij kompaniya ro‘yxati:
№ | Xorijiy kompaniyalar | To‘langan soliq miqdori |
1 | Meta | 41,1 mlrd so‘m |
2 | Google | 26,1 mlrd so‘m |
3 | Apple | 22,6 mlrd so‘m |
4 | Amazon | 3,7 mlrd so‘m |
5 | Booking.com | 2,2 mlrd so‘m |
6 | Zoom | 1,4 mlrd so‘m |
7 | Netflix | 1,3 mlrd so‘m |
8 | Acca | 1,2 mlrd so‘m |
9 | Yandex Europe | 1,1 mlrd so‘m |
10 | Xsolla | 900,3 mln so‘m |
Avvalroq “Spot” to‘qqiz oyda eng ko‘p soliq to‘lagan kompaniyalar haqida yozgandi.
Davlat ulushi mavjud kompaniyalar orasida “Navoiy KMK” eng ko‘p soliq to‘lagan bo‘lsa, xususiy sektorda “UzBAT” kompaniyasi yetakchi bo‘ldi.