Majburiy ijro byurosi Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi ikki qavatli binoni kimoshdi savdosiga qo‘ydi. Bu haqda E-auksion ma’lumotlarida keltirilgan.
Obyekt Yangi Yunusobod ko‘chasida, “Maxsustrans” uchastkasi va “DIP Oil” yoqilg‘i quyish shoxobchasidan uncha uzoq bo‘lmagan joyda joylashgan. Fotosuratlar va ommaviy ma’lumotlarga ko‘ra, “Samara” restorani shu yerda joylashgan.
Binodagi xonalar maydoni 3079 kvadrat metrbi, u egallagan maydon esa unga tutash hududlar bilan birgalikda 0,37 gektarni tashkil etadi. Barcha kommunikatsiyalar — elektr energiyasi, gaz, suv va kanalizatsiya mavjud.
Binoning boshlang‘ich narxi 30,9 mlrd so‘m, zakalat puli esa 1,5 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Auksion 22-noyabr kuni 10:00da bo‘lib o‘tadi, arizalar shu kuni soat 9:00gacha qabul qilinadi.
Mazkur lot Toshkent shahar tumanlararo xo‘jalik sudining joriy yil apreldagi hal qiluv qaroriga (4−1001−2326/66788-sonli ijro hujjati) asosan sotuvga qo‘yilgan.