Qish mavsumiga o‘tish munosabati bilan Toshkent tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tumanda aholi xonadonlar va ijtimoiy soha-obyektlarini tabiiy gaz bilan bir me’yorda ta’minlash maqsadida gaz tarmoqlaridagi yozgi diafragmalarni qishki diafragmalarga almashtirish ishlari olib boriladi.
Unga ko‘ra, Toshkent tumani hududdagi 42 948ta aholi xonadonlar, 610ta ulgurji tashkilotlar, 41ta ijtimoiy soha obyektlarida joriy yil 30-oktabr kuni soat 08:00dan ishlar yakunlangunga qadargaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
“Toshkenttumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi keltirilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilaridan uzr so‘raydi.
Avvalroq “Spot” Toshkent va Samarqandda 4,8 mlrd so‘mlik elektr energiyasi va tabiiy gaz talon-toroj qilingani aniqlangani haqida yozgandi.
Xususan, fuqarolar avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasidagi gaz hisoblagichga tashqi ta’sir o‘tkazgani, elektr hisoblagichning esa ulanish sxemasini o‘zgartirgani aniqlangan.