Rossiyaning “RK-Grand” zavodi O‘zbekistonning “INNO-PANEL” kompaniyasi bilan qurilish va yo‘l xo‘jaligi ehtiyojlari uchun sellyuloza yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzdi. Bu haqda O‘zbekistonda bo‘lib turgan Kareliya rahbari Artur Parfenchikov matbuot xizmati xabar berdi.

Yaqin kunlarda Kareliyaning Pitkyaran okrugidan O‘zbekistonga hajmi 60 tonna bo‘lgan sellyulozaning birinchi partiyasi yetkazib beriladi.

Material qurilish va yo‘l sanoatida, ayniqsa seysmik faol hududlarda qo‘llaniladigan tolali sementga qo‘shiladi.

An’anaviy qurilish materiallariga maxsus texnologiya yordamida qayta ishlangan sellyuloza tolalarining qo‘shilishi ularga qo‘shimcha moslashuvchanlik va mustahkamlik beradi va umuman, mahsulotlarni qo‘llash doirasini kengaytiradi.

“RK-Grand” bosh direktori Konstantin Malyshev ta’kidlaganidek, Rossiya va sobiq SSSR mamlakatlarida bu sanoatning nisbatan yosh soha hisoblanadi.

Uning qayd etishicha, hozirda zavod Rossiyaning yangi korxonalari va chegaradosh mamlakatlarga Fc-sellyuloza yetkazib beradi.

Tashrif doirasida Kareliya hukumati vakillari o‘zbekistonlik hamkorlarni qiziqtiradigan qo‘shimcha mahsulot pozitsiyalarini aniqladilar.

Jumladan, respublika Petrozavodskda ishlab chiqariladigan tuproq nasoslarini yetkazib berishni ko‘paytirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda.


Avvalroq “Spot” Rossiya O‘zbekistonda ko‘mir qazib olish va ishlab chiqarish loyihasini ishga tushirishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.

Rossiya energetika vaziri Sergey Sivilyev loyihani tez orada amalga oshirish uchun Rossiya tomoni memorandum imzolashga tayyorligini ma’lum qildi.