IT mutaxassislarining hamjamiyati va milliy raqamli ekotizim yangi mutaxassislarga o‘z bilimlarini oshirish va IT sohasida karyerasini boshlashga yordam beradi. Hamjamiyatning rejalarida – hakatonlar, master-klasslar, o‘zbekistonlik va xorijiy ekspertlarning ma’ruzalari bor. Yil davomida O‘zbekistonning barcha hududlaridan o‘n minglab mutaxassislar “Uzum” ko‘magida “IT Community of Uzbekistan” loyihalarida ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.
“IT sohasi yosh mutaxassislar uchun ulkan imkoniyatlarni ochmoqda va “Uzum” o‘zining aql bovar qilmas o‘sish templari bilan IT kompaniyalari qanchalik keng ko‘lamli va muhim bo‘lishi mumkinligining yorqin namunasi bo‘lmoqda. Jamoamiz a’zolari bilan birgalikda har kuni iste’dodli mutaxassislarning imkoniyatlari haqiqatan ham cheksiz ekanini, O‘zbekiston yoshlari esa g‘oyat katta salohiyatga egaligini isbotlab kelmoqdamiz. Va biz o‘z loyihalarimizni o‘zini allaqachon butun dunyoga tanitgan milliy kompaniya bilan birgalikda rivojlantirish imkoniyatiga ega ekanimizdan mamnunmiz”, – deydi “IT Community of Uzbekistan” asoschisi Shavkat Karimov.
“Biz mamlakatimizdagi har bir endi boshlayotgan dasturchi biz bilan birgalikda “Uzum” milliy raqamli ekotizimini qurish va rivojlantirishni orzu qilishini istaymiz. Va bu yo‘lda ularga kerak bo‘ladigan bilim va tajriba bilan o‘rtoqlashishga tayyormiz. “IT Community of Uzbekistan” jamoasi butun mamlakatdan 11 mingdan ortiq mutaxassislarni birlashtirib, aql bovar qilmas ishni amalga oshirdi va butun mamlakatimiz kelajagi uchun muhim bo‘lgan ushbu maqsadga erishish yo‘lida hamjamiyatni qo‘llab-quvvatlash biz uchun katta g‘urur va quvonchdir”, – deya qo‘shimcha qildi “Uzum” operatsion direktori Roman Lavrentev.
Reklama huquqlari asosida.