Avvalroq Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi va budjetnomani taqdim etgani haqida xabar berilgandi.

Loyiha bilan ko‘chmas mulk va avtotransport vositalarini ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalarini oshirish rejalashtirilmoqda.

Bunda mol-mulkni ijaraga beruvchi shaxslar uchun soliq solish maqsadida qo‘llaniladigan ijara to‘lovining minimal stavkalari 10−12%ga indeksatsiya qilinadi.

Taklif qilinayotgan stavkalar quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan:

Ijaraga beriladigan mol-mulk turi
Belgilangan stavka miqdorini tavsiflovchi ko‘rsatkich
Oylik ijara to‘lovi stavkalarining minimal miqdorlari, so‘mda (o‘zgarishlar)
Toshkent
Nukus, viloyat markazlari
boshqa aholi punktlari
1. Binolar:
turar joy
Umumiy maydonning 1 km.metri uchun
28 000 (+12%)
13 500 (+12,5%)
5 500 (+10%)
noturar joy
45 000 (+12,5%)
26 500 (+12,7%)
11 000 (+10%)
2: Avtotransport
yengil avtomobil (yo‘lovchilar, bagaj tashishga mo‘ljallangan hamda haydovchi o‘rnini hisoblamaganda, o‘rindiqlari soni 8tadan ko‘p bo‘lmagan avtomobillar)
1ta avtomobil uchun
858 000 (+10%)
mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari
1 705 000 (+10%)

Mazkur stavkalar ko‘chmas mulkdan tekin foydalanish shartnomalariga tatbiq etiladi. Bundan yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi tuzilgan shartnomalar mustasno.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari mazkur stavkalarga nisbatan tuman va shaharlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab 2%gacha oshiruvchi koeffitsiyent qo‘llashi mumkin.

Bunda Toshkent shahri xalq deputatlari Kengashi tomonidan bu koeffitsiyent yer solig‘ini hisoblash maqsadlarida belgilangan zonalar kesimida qo‘llaniladi.

Shuningdek, qonun loyihasida Xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari ommaviy dam olish hamda turizmga ixtisoslashtirilgan ayrim hududlarda mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslarga belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalariga Toshkent shahri uchun belgilangan miqdorlargacha o‘sib boruvchi koeffitsiyentlarni joriy etishga haqli ekanligi belgilanmoqda.

Kelasi yilda 78ta tumanning mahalliy budjet xarajatini o‘zi qoplashga o‘tkazish belgilangan. Buning uchun ularda ayrim soliq turlarini to‘liq hajmda qoldirish rejalashtirilmoqda. Ular qatorida mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyaga asosan jismoniy shaxslar hamda YTTlar tomonidan to‘lanadigan JShODS bor.

Qonun loyihasining to‘liq matni bilan havola orqali tanishish mumkin. Budjetnoma bu yerda.

Avvalroq kelasi yil uchun mamlakat budjetidan birinchi darajali budjet taqsimlovchilariga ajratiladigan mablag‘larning cheklangan miqdorlari belgilanayotgani haqida xabar berilgandi.