Ijtimoiy tarmoqlarda 1-noyabrdan “musor"dan qarzi borlar tо‘liq elektrdan uzilishi haqida xabarlar tarqaldi. “Hududiy elektr tarmoqlari” mazkur xabarni о‘rganib chiqib, quyidagilarni ma’lum qiladi.

Ma’lum bо‘lishicha, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan chiqindi tashish va olib ketish xizmatida foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida yangi “Toza Makon-billing” dasturiy kompleksi ishga tushiriladi.

Shu munosabat bilan 2024-yil 31-oktabr soat 23:50dan 5-noyabr soat 23:50gacha profilaktik ishlar olib borilishini ma’lum qilingan.

Mazkur vaqt oralig‘ida chiqindi xizmati uchun barcha turdagi to‘lovlarni amalga oshirishda hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni olish, abonent to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zgartirish, qo‘shish va o‘chirishda vaqtinchalik texnik uzilishlar bo‘lishi haqida xabar berilgan.

Mazkur xabar ijtimoiy tarmoqlarda notо‘g‘ri talqin qilinishi natijasida kо‘pgina manbalarda chiqindi xizmatidan qarzi bor fuqarolar elektr energiyasidan ham uzilishi haqida ma’lumotlar tarqalmoqda.

Ayni paytda “Hududiy elektr tarmoqlari” tomonidan iste’molchining chiqindi bo‘yicha qarzdorlik bo‘yicha ogohlantirilgandan keyin to‘lov qilmagan shaxslarning elektr uchun to‘lovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklash amaliyoti joriy etilishi amaliyoti bо‘yicha texnik ishlar olib borilmoqda.

Shu о‘rinda chiqindidan qarzdor iste’molchilar elektr energiyasidan uzilishi haqidagi xabarlar mutlaqo asossiz ekanligini ma’lum qilindi.


Avvalroq “Spot” 2026-yildan boshlab chiqindi tashuvchi mashinalarga GPS tizimi o‘rnatilishi haqida yozgandi.

Shuningdek, chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha tenderlar ochiq o‘tkazilib, shikoyatlarni qabul qilish uchun call-markaz tashkil etiladi.