O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi oshdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 780,09 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 5 so‘m 75 tiyinga oshdi.
23-oktabr kuni dollar kursi joriy oyda sakkizinchi marta rekordni yangilab, 12 827,90 so‘mni tashkil qildi.
Bungacha dollar kursi 22-oktabr, 18-oktabr, 17-oktabr, 14-oktabr, 7-oktabr, 4-oktabr va 2-oktabr kunlari rekord darajani qayd etgandi.
Avvalroq “Spot” dollarning rasmiy kursi oktabr oyida qanday o‘zgargani haqida yozgandi.
O‘zbek so‘mi ketma-ket uchinchi oy arzonlashmoqda. Oktabr oyida milliy valyuta 59 so‘m, yil boshidan beri esa 3,5% qadrsizlandi.