31-oktabr kuni Toshkentning uchta tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” matbuot xizmati xabar berdi.

Iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida Yunusobod, Bektemir va Olmazor tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi.

Xususan, quyidagi hududlardagi iste’molchilarga elektr energiyasi vaqtincha yetkazib berilmaydi:

  • Yunusobod tumani: “Iftixor” hamda “Naqshbandiy” MFYlarining ayrim hududlarida soat 12:00dan 18:00gacha;
  • Bektemir tumani: “Nurli yo‘l”, “Musaffo” hamda “Sohil” MFY larining ayrim hududlarida soat 10:00dan 14:00gacha;
  • Olmazor tumani: “Ahil”, “Moyariq”, “Yangi Toshkent”, “Gulzor”, “Chuqursoy”, “Oltinsoy”, “Islom ota” hamda “Shifokorlar” MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 15:30 gacha.

Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.

“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘raydi.


Avvalroq “Spot” Toshkent viloyatida 581 mln so‘mdan ortiq elektr energiyasi talon-toroj qilingani haqida yozgandi.

Xususan, fuqarolar shlakoblok ishlab chiqarish uskunalari va suv nasoslarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab olgan.