31-oktabr kuni “Amazon” uchinchi chorak uchun hisobotini e’lon qildi. Uning daromadi 11%ga oshib, $158,9 mlrdga yetdi. Sof foyda 55%ga o‘sib, 15,3 mlrdni tashkil etdi.

Natijalar tahlilchilarning prognozlaridan yaxshiroq bo‘ldi. Ayniqsa, “Amazon Web Services” (AWS) bulutli bo‘linmasi yaxshi o‘sishni ko‘rsatdi — uning daromadi 19%ga oshib, $27,5 mlrdga yetdi.

“AWS"ning operatsion foydasi $10,5 mlrdni tashkil etdi, ya’ni “Amazon” jami foydasining taxminan 60%i uning bo‘linmasiga to‘g‘ri keladi.

Hisobot e’lon qilinganidan keyin kompaniya aksiyalari birjadan tashqari savdolarda deyarli 6%ga oshdi.

“Amazon” natijalari texnologik kompaniyalar o‘rtasidagi umumiy tendensiyaga mos keladi. 31-oktabr kuni “Alphabet,” “Microsoft” va “Meta” uchinchi chorak uchun prognozlardan yaxshiroq hisobot berdi va kompaniyalardagi asosiy o‘sish drayverlari bulutli xizmatlar va sun’iy intellektdan foydalangan xizmatlar bo‘ldi.

Bulutli xizmatlar daromadlarining o‘sishi sun’iy intellektning rivojlanishi bilan ham bog‘liq, chunki bunday tizimlarni o‘qitish katta quvvatlarni talab qiladi.

“The Wall Street Journal” hisob-kitoblariga ko‘ra, uchinchi chorakda “Amazon”, “Microsoft” va “Google” bulutli bo‘linmalarining umumiy daromadi 22%dan oshdi va $62,9 mlrdga yetdi.


Avvalroq “Spot” “Amazon” arzon tovarlar do‘konini ochishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, narxlar va yetkazib berish vaqtlari “Amazon"ning hozirgi takliflaridan farq qiladi. Bunda mahsulotlarga narx bo‘yicha cheklovlar qo‘yilib, buyurtmalar uzoqroq muddatda 9 kundan 11 kungacha yetkaziladi: