E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan. Kredit shartlari o‘zgarishi mumkin. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun “Spot” to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank bilan bog‘lanishni tavsiya qiladi.


2024-yil noyabr oyi holatiga ko‘ra, 25ta bank mikrokreditlar bermoqda.

Ular bir yildan besh yilgacha muddatga, 5 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha berilishi mumkin.

Ayrim banklar bank mijozlari uchun pasaytirilgan foizda mikroqarzlar beradi.

2024-yil 28-fevral kuni prezident ayrim qonun hujjatlariga kredit majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish va aholining mikromoliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Hujjat bilan, “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida"gi qonunning 5-moddasiga o‘zgartirish kiritildi. Unga asosan, aholiga ajratiladigan mikroqarzlar miqdori 50 mln so‘mdan 100 mln so‘mga oshirildi.

Hozirda “Asakabank”, “Agrobank”, “Aloqabank”, “Anorbank”, “Asia Alliance Bank”, “Biznesni rivojlantirish banki”, “Garantbank”, “Davrbank”, “Hamkorbank”, “InfinBank”, “Ipak yo‘li banki”, “Madad Invest Bank”, “Mikrokreditbank”, “Poytaxtbank”, “TBC Bank”, “Trastbank”, “Universalbank”, “Xalq banki”, “O‘zsanoatqurilishbank”, “O‘zmilliybank” va “Ziraat Bank Uzbekistan” 100 mln so‘mgacha mikroqarz taklif qilmoqda. Bundan tashqari, “Trastbank” 150 mln so‘mgacha mikroqarz taklif qiladi.

Banklar mikrokreditlarni onlayn va oflayn rejimda berishadi. Masofadan berishda kredit bankning mobil ilovasida rasmiylashtiriladi va mijozning virtual yoki jismoniy kartasiga o‘tkaziladi.

Shuningdek, agar xohlasa, qarz oluvchi bankka tashrif buyurib, naqd pulda yoki bank tomonidan chiqarilgan kartada pul olishi mumkin.

Kredit uchun garov sifatida quyidagilar qabul qilinadi:

  • uchinchi tomon kafolati;
  • sugurta polisi;
  • likvid garov — transport vositalari, ko‘chmas mulk, zargarlik buyumlari.

Qarz oluvchiga qo‘yiladigan asosiy talablar — ijobiy kredit tarixi va hozirgi ish joyida kamida olti oy ish tajribasi.

Markaziy bank kredit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxslarga onlayn kredit ajratish jarayonida bank kartalari bilan bog‘liq shubhali frod operatsiyalarining oldini olishga qaratilgan vaqtinchalik tartibni joriy qilmoqda.

Qayd etilishicha, mazkur tartib 2024-yilning 1-noyabridan 2025-yilning 1-apreliga qadar amal qiladi.

Unga ko‘ra, endilikda fuqarolardan ariza yuborish jarayonida biometrik identifikatsiyadan o‘tishlari talab etiladi.

Bu talabgorning arizani shaxsan o‘zi tomonidan berilganligini aniqlash va uning shaxsiga aniqlik kiritish imkonini beradi.

Ro‘yxat alifbo tartibida tuzilgan va banklarni tartiblamaydi. Ma’lumotlar bank veb-saytlaridan va “Telegram” kanallaridan olingan.

Bank nomi
Foiz stavkasi
Muddati
Maksimal miqdori
Berish shakli
Asakabank
30%-36%
1 yildan 4 yilgacha
100 mln so‘mgacha
naqd / bank kartasiga
Agrobank
32%2 yil
50 mln so‘mgachabank kartasiga
32%-34%
2 yildan 4 yilgacha
100 mln so‘mgacha
Aloqabank
28%-32%
3 oydan 3 yilgacha
100 mln so‘mgacha
online
Anorbank
27%-62%
3 yilgacha
100 mln so‘mgacha
online
44%
Asia Alliance Bank
27,99%-32%
3 yilgacha
15 mln so‘mgacha
bank kartasiga
27,99%-44%
1 yildan 5 yilgacha
100 mln so‘mgacha
Biznesni rivojlantirish banki

26%-32%
4 yilgacha
100 mln so‘mgacha
naqd / bank kartasiga
Garantbank
32%
2 yil
30 mln so‘mgacha
bank kartasiga
30 oy
100 mln so‘mgacha
40 mln so‘mgacha
18 oy
50 mln so‘mgacha
1 yil
5 mln so‘mgacha
Davrbank
23,99%-49%
4 yilgacha
50 mln so‘mgacha
bank kartasiga
43%
5 yilgacha
100 mln so‘mgacha
Hamkorbank
32%-40%
3 yilgacha
50 mln so‘mgacha
bank kartasiga
25,99%-30%****3 yilgacha
100 mln so‘mgacha
30%-38%
InfinBank
29,99%
18 oydan 3 yilgacha
20 mln so‘mdan 50 mln so‘mgacha
bank kartasiga
34,99%-47,99%
26,99−32,99%*
9 oydan 3 yilgacha
100 mln so‘mgacha
Ipak yo‘li banki
30,9%-40,9%
1 yildan 3 yilgacha
100 mln so‘mgacha
bank kartasiga
26,9%-29,9%
50 mln so‘mgacha
24,9%-27,9%
1 yildan 5 yilgacha
100 mln so‘mgacha
1 yildan 3 yilgacha*****
31,9%
1 yilga
10 mln so‘mgacha
Ipotekabank
31,9%-37,9%
3 yilgacha
50 mln so‘mgacha
bank kartasiga
Madad Invest Bank
31,9%
6 oydan 3 yilgacha
100 mln so‘mgacha
naqd / bank kartasiga
Mikrokreditbank
27%-31%
1 yildan 5 yilgacha
100 mln so‘mgacha
naqd / bank kartasiga
30%**2 yilgacha30 mln so‘mgacha
bank kartasiga
Orient Finans Bank
24,9%
18 oy
20 mln so‘mgacha
bank kartasiga
25 mln so‘mgacha
2 yil
25 mln so‘mgacha
25,9%
2 yil
34%
50 mln so‘mgacha
3 yilgacha
Poytaxt bank
28%-32%
1 yildan 3 yilgacha
100 mln so‘mgacha
naqd pul / bank kartasiga
TBC Bank
28%-49%
3 yilgacha
100 mln so‘mgacha
bank kartasiga
Tenge Bank
30%
2 yilgacha
100 mln so‘mgacha
bank kartasiga
31,9%30 mln so‘mgacha
35,9%
50 mln so‘mgacha
Trastbank
28%-30%
1 yildan 3 yilgacha*
50 mln so‘mgacha
naqd / bank kartasiga
150 mln so‘mgacha
1 yildan 5 yilgacha
100 mln so‘mgacha
24%-26%**
28%-30%
50 mln so‘m
32%
1 yil
bank kartasiga
Universalbank
30%**-32%
3 yil
100 mln so‘mgacha
bank kartasiga
Uzumbank44%1 yil25 mln so‘mgachabank kartasiga
O‘zsanoatqurilishbank
29%-31%**
3 yilgacha
100 mln so‘mgacha
online
31%-33%
O‘zmilliybank
26%-29%
3 yilgacha
50 mln so‘mgacha
naqd / bank kartasiga
25%-29%
2 yildan 3 yilgacha
100 mln so‘mgacha
Xalq banki
25%-30%**
4 yilgacha
100 mln so‘mgacha
online
27%-32%
Ziraat Bank Uzbekistan
27%-28,5%
1 yildan 3 yilgacha
100 mln so‘mgacha
bank kartasiga
28%-29%*

*O‘z-o‘zini band qilganlar uchun.
**Bank mijozi bo‘lganda.
***Talabalar uchun.
****Ta’minotli mikroqarzlar uchun.
*****Maosh loyihasiga ega bo‘lganlar uchun.