Yuk avtotransporti sohasida vazn va gabarit me’yorlariga rioya etilishi ustidan nazoratni xususiy sektorga o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu bo‘yicha hukumat qarori bilan tegishli nizom tasdiqlandi.

Avtomobil yo‘llarida vazn va hajm parametrlari bo‘yicha statsionar va ko‘chma nazorat shoxobchalarini tashkil etish uchun joy ajratiladi. Tadbirkorlar o‘z hisobidan o‘lchash uskunalarini sotib olishi va o‘rnatishi, shuningdek, kommunikatsiyalarni o‘tkazishi kerak bo‘ladi.

O‘g‘irlik va gabarit nazorati operatorlari onlayn-auksion orqali tanlab olinadi. Joylashuvni ijaraga olish muddati uchinchi shaxslarga o‘tkazish huquqi bilan 20 yilni tashkil etadi.

Minimal boshlang‘ich narx uchastka joylashgan avtomobil yo‘lining turiga bog‘liq:

  • xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarida — BHMning 50 baravari (18,75 mln so‘m);
  • davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llarida — BHMning 40 baravari (15 mln so‘m);
  • mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarida — BHMning 30 baravari (11,25 mln so‘m).

Auksion g‘olibi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi bilan ijara shartnomasini tuzadi. Yil davomida u ochilishidan 5 kun oldin sinov rejimida ishga tushirilishi kerak bo‘lgan vazn-hajm nazorati uskunasini o‘rnatishi kerak.

Dastlabki ikki yilda tadbirkorlar shoxobchalar orqali qayd etilgan huquqbuzarliklar uchun jarimalar summasidan tushgan mablag‘larning 40%ini oladi. Keyinchalik ushbu summa 30%gacha kamaytiriladi.

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga dastlabki ikki yilda 35%, keyingi yillarda 45% mablag‘lar yo‘naltiriladi. 15%i Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasiga, 10%i esa davlat budjetiga yo‘naltiriladi.

Ko‘chma nazorat shoxobchasi 12 tonnadan yuqori yuk transporti uchun yo‘l belgilari talablari buzilishini qayd etish huquqiga ega bo‘ladi. Shuningdek, ular dastlabki 2 yilda jarima mablag‘larining 40%ini va undan keyin 30%ini oladi (davlat budjeti — mos ravishda 10% va 20%, Transport vazirligi jamg‘armasi — 50%).

Joriy yilning aprel oyidan boshlab yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan yuqori bo‘lgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining avtomobil yo‘llari bo‘ylab harakakatlanish huquqi uchun yig‘im belgilangan. Bu tonnajiga qarab, BHMning 5 baravaridan (1 875 000 so‘m) boshlanadi.

Avvalroq O‘zbekiston yuk tashuvchilari uchun Afg‘onistonda undiriladigan yig‘im miqdori kamaytirilgandi. Endi Amudaryo ko‘prigidan o‘tishda yig‘im miqdori $106,6ni, mamlakat hududiga kirishda esa $53,3ni tashkil etadi.