Slovakiya avtomobil ishlab chiqarish zavodida avtokarachi lavozimiga fuqarolar ishga taklif etiladi. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Nomzodlar 18−45 yosh oralig‘ida bo‘lishlari hamda rus tilida erkin muloqot qila olishlari kerak.
Shu bilan birga, ulardan B toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lish, avtokara haydashni bilish talab etiladi.
Qabul qilinganlarga oyiga 950−1080 yevro miqdorida ish haqi beriladi.
Ish beruvchi hisobidan tibbiy sug‘urta, aeroportdan ish joyigacha transfer xarajatlari qoplanadi.
Fuqaro BHMning 10 baravari miqdorida agentlik to‘lovini, trening markaz uchun 4,08 mln so‘m to‘lovini amalga oshirishi, shuningdek, aviachipta, yotoq joy va oziq ovqat xarajatlarini o‘zi qoplashi kerak.
Tanlov 2-noyabr soat 18:00gacha va 4-noyabr soat 09:00dan 18:00gacha Toshkent shahri Sergeli tumani Sug‘diyona ko‘chasi 4A uyda bo‘lib o‘tadi. Manzil lokatsiyasi bu yerda.
Batafsil ma’lumotni havola yoki 71 202−33−55 (ichki raqam: 66, 17) telefon raqami orqali olish mumkin.
Avvalroq prezident xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonini tartibga solishga qaratilgan ikkita hujjatni imzolagandi. Endi mehnat migrantlariga 10 mln so‘mgacha mikrokreditlar beriladi.