“Butun bir moliyaviy tizimni xavf ostiga qo‘ymasligi kerak” — ILMA kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi yuqori talablar borasida

Agentlik boshqarmasi boshlig‘i Asqarjon Zokirovning ta’kidlashicha, regulyator dastlab bozor va mas’uliyatni tushunadigan o‘yinchilarni tanlash shartlarini qo‘ygan.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Mamlakatlar farovonligi nimalarga bog‘liq: iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlarining kitoblari

Joriy yilgi iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Daron Ajemog‘lu, Saymon Jonson hamda Jeyms Robinsonga berildi. Ular o‘z tadqiqotlari orqali institutlarning taraqqiy etishi va farovonlikka ta’sirini o‘rgangan. Spot mazkur olimlarning kitoblari haqida so‘z yuritadi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Xronika: O‘zbekiston pullik yo‘llar qurish sari qanday bormoqda?

Spot hukumat qaysi shaharlarni pullik yo‘llar bilan bog‘lamoqchi bo‘layotgani, buning uchun qonunchilik bazasi qanday shakllantirilgani va nimalarga erishilgani haqida so‘z yuritadi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Banklardagi mikroqarzlar: 2024-yil noyabr oyi bo‘yicha

Mikrokreditni 24ta bankda olish mumkin bo‘lib, 5 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha beriladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Mingdan ortiq tarqatish punktlari, yangi logistika markazlari va eksportyorlarga yordam — Ozon O‘zbekistondagi faoliyatini qanday rivojlantirmoqchi?

Kompaniyaning mamlakatdagi rahbari Jamshid Zohidov Spotga nima uchun marketpleys bozorga chiqishga qaror qilgani, BBP tarmog‘i va logistikani rivojlantirish rejalari hamda o‘zbekistonlik tadbirkorlarni Ozon bilan hamkorlikda nimalar kutayotgani haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Yandex Eats Express24 aktivlarining bir qismini sotib olgach, bozorning 87,5%ini nazorat qiladi — Raqobat qo‘mitasi.
    Mazkur bitim iqtisodiy konsentratsiya xususiyatlariga ega bo‘lishiga qaramay, monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini talab qilmaydi.
  2. O‘zbekistonda yuqori soliq va bojlar avtomobil bozorining rivojlanishini sekinlashtiradi — KPMG.
    Avtomobillarni O‘zbekistonga olib kirishda bojxona to‘lovlarining umumiy miqdori sinov va sertifikatlashtirish xarajatlarini hisobga olgan holda ularning qiymatining 70%i va undan ko‘prog‘iga yetishi mumkin.
  3. Samokat va skuterlarda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar qanday bo‘ladi?.
    Bundan tashqari, yuk avtomobillarining yo‘lning chetki chap qatorida harakatlanganligi uchun javobgarlik belgilandi.
  4. 2025-yilda O‘zbekistonda elektr akkumulyatorlari uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etilishi mumkin.
    To‘lovni elektr akkumulyatorlarini import qiluvchi va mahalliy ishlab chiqaruvchilardan undirish taklif qilinmoqda. Yengil avtomobillar uchun yig‘im miqdori 5 ming so‘mdan 10 ming so‘mgacha bo‘ladi.
  5. 2025-yil uchun davlat budjeti loyihasi e’lon qilindi. Nimalar belgilanmoqda?
    Kelasi yilda O‘zbekiston davlat budjeti daromadlari 14%ga, xarajatlari esa 8,5%ga o‘sadi. Alkogol va tamaki mahsulotlari uchun aksiz solig‘i stavkalarini bosqichma-bosqich muvofiqlashtirish rejalashtirilgan.
  6. Foto: Sodiq Azimovdagi gastronomik ko‘cha qanday bo‘ladi?
    Loyiha doirasida piyodalar yo‘laklarini kengaytirish, vorkaut maydoni, selfi zonalari va ikkita biohojatxona o‘rnatish rejalashtirilgan.
  7. AQSh Moliya vazirligi O‘zbekistonning ikki kompaniyasiga qarshi ikkilamchi sanksiyalar kiritdi.
    Davlat departamenti The Elite Investment Group kompaniyasini sanksiyaga uchragan Rossiya kompaniyasiga transformatorlar yetkazib berishda ayblamoqda.
  8. “Asosiy aybdorni xabardor qilganmiz” — Mamarizo Nurmuratov Humans bilan bog‘liq vaziyat haqida.
    Sentabr oyida UPay savdo belgisiga ega Maroqand to‘lov tashkilotining to‘lovlarni qabul qilish va amalga oshirish xizmatlari yarim yilga to‘xtatildi. Undan keyin mazkur tashkilotning to‘lov agenti hisoblangan Humans regulyator bu bo‘yicha kompaniyani oldindan xabardor qilmaganini bildirdi.
  9. Cobaltning Midnight komplektatsiyasi narxlari ma’lum qilindi.
    Kompaniya Asakadagi zavodda yangi modifikatsiyadagi avtomobilni ishlab chiqarishni boshladi. Uning narxi — 155,23 mln so‘m.
  10. O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 5,8%ga kamaydi.
    Yil boshidan ishsiz aholi soni 148 ming nafarga kamayib, 876 ming nafarni tashkil etmoqda.

Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar

“Uzum” “IT Community of Uzbekistan"ning strategik hamkoriga aylandi

“IT Community of Uzbekistan” va “Uzum” IT sohasida yosh mutaxassislarni rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik boshlanganini e’lon qildi.

“Uzum Bank” o‘zbekistonliklar uchun “Visa” kartalarini rasmiylashtirishni boshladi

30-oktabrdan boshlab fuqarolar “Uzum Bank"dan bepul xizmat ko‘rsatish, keshbek va vositachilik haqisiz o‘tkazmalar bilan “Visa” virtual kartasini rasmiylashtirishlari mumkin.

Smart Business tadbirkorlar uchun kassa apparatlariga qulay shartlar asosida foizsiz muddatli to‘lovni taklif qiladi

Ilgari Uzkassa nomi bilan tanilgan Smart Business kompaniyasi onlayn-kassa mashinalari uchun yangi foizsiz muddatli to‘lov dasturini yo‘lga qo‘ymoqda. Bu katta boshlang‘ich sarmoyalarsiz biznesni boshlash, shuningdek, kassa qurilmalarini sezilarli xarajatlarsiz yangilash uchun ajoyib imkoniyat.