Beruniyda 25,5 mlrd so‘mlik investitsiya loyihasi ishga tushirildi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengashi matbuot xizmati xabar berdi.
Tumandagi “Lider Gips” tomonidan umumiy maydoni 2,5 gektar yerda tashkil etilgan gipsokarton va qurilish materiallari ishlab chiqariladi.
Loyiha qiymati 25,5 mlrd so‘mni tashkil etib, shundan $1,8 mlni xorijiy investitsiya asosida shakllantirilgan.
Yiliga 2 mln kv metr gipsokarton ishlab chiqarish quvvatiga ega loyiha ishga tushirilishi natijasida 18ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Loyiha bo‘yicha korxona ishga tushirilishi bilan har xil turdagi gipsokarton ishlab chiqariladi va ichki bozorni sifatli mahsulotlar bilan ta’minlaydi.
Korxonadagi montaj ishlarini Xitoy davlatidan kelgan muhandislar amalga oshirdi.
Avvalroq “Spot” “Taxiatosh IES"da quvvati 180 kVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilgani haqida yozgandi.
Mazkur stansiyada yiliga 420 ming kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Buning evaziga yiliga 45 ming kubmetr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.