“Bosch” kompaniyasi salbiy iqtisodiy prognozlar sharoitida xodimlarni yanada qisqartirishni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “TACC” kompaniya bosh direktori Stefan Xartungga tayanib xabar berdi.
“Hozirgi vaqtda men xodimlar sonini yanada moslashtirishimiz kerak bo‘lishini istisno qila olmayman,” — deya ta’kidladi “Bosch” bosh direktori.
Stefan Xartungning ma’lum qilishicha, allaqachon e’lon qilingan 7 ming kishilik qisqartirish bu jarayonning boshlanishi bo‘lishi mumkin.
Uning ta’kidlashicha, “Bosch” iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli 2024-yilga mo‘ljallangan moliyaviy ko‘rsatkichlarga erisha olmasligi ehtimoli yuqori.
Xartungning so‘zlariga ko‘ra, 2024-yilda sotuv hajmi o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlardan biroz pastroq bo‘lishi kutilmoqda, o‘shanda “Bosch” qariyb 92 mlrd yevro daromad olgan.
Shuningdek, kompaniyaning sotuv rentabelligi o‘tgan yilgi 5%ga nisbatan 4%gacha pasayishi mumkinligini ta’kidladi. Biroq “Bosch” rahbari 2026-yilga borib 7%lik maqsadli rentabellik ko‘rsatkichiga qaytish istagini bildirdi.
So‘nggi oylarda “Bosch”, ayniqsa, Germaniyadagi korxonalarda xodimlarni qisqartirish rejalari haqida bir necha bor xabar bergan.
Eng ko‘p qisqartirishlar kompaniyaning avtokomponentlar, asboblar va maishiy texnika ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘linmalariga tegishli.
Avvalroq “Spot” “Intel” yana 500dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatishi haqida yozgandi.
Qisqartirish kompaniyaning butun dunyo bo‘ylab 15 000 nafar xodimiga ta’sir qiladigan ishdan bo‘shatish jarayonining yangi to‘lqini hisoblanadi.