Buyuk Britaniyadagi mingta ishchi 4 kunlik ish haftasi tajriba loyihasiga qo‘shiladi. Bu haqda “The Guardian” gazetasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, tajriba sinov loyihasida 17ta korxona ishtirok etadi, yana to‘rttasi keyinroq qo‘shiladi.
“Buyuk Britaniyadagi mingta ishchi leyboristlar hukumati ostidagi to‘rt kunlik haftalik kampaniyaning birinchi rasmiy tajribasi doirasida ish haqini yo‘qotmagan holda qo‘shimcha dam olish kuni oladi,” — deyiladi xabarda.
Ba’zi kompaniyalar ishchilar har ikki haftada qo‘shimcha dam olish oladigan jadvalni sinab ko‘rishga qaror qilishdi.
Nashrning yozishicha, hukmron leyboristlarni to‘rt kunlik haftani joriy etishga ko‘ndirish oson bo‘lmasligi mumkin, chunki bu dastlab hukumatning rejalariga kirmagan.
Avvalroq Islandiya to‘liq 4 kunlik ish haftasiga o‘tayotgani haqida xabar berilgandi.
Hozirda mamlakatdagi ishchilarning 51%i yangi jadval bo‘yicha to‘liq ish haqi evaziga ishlamoqda.
Ish haftasini qisqartirish bo‘yicha tajribalar o‘tgan yili Islandiyada iqtisodiy o‘sish tezlashishiga hissa qo‘shgan. Shuningdek, mamlakatda ishsizlik darajasi Yevropadagi eng past ko‘rsatkichlarni qayd etib, minimal darajaga yetgan.
Avvalroq “Spot” Germaniya 4 kunlik ish haftasi tajriba loyihasini yakunlagani haqida yozgandi.
Olti oy davom etgan tajribada turli sohalar, jumladan, ijtimoiy tashkilotlar va bolalar bog‘chalari vakillari bo‘lgan 45 ta kompaniya ishtirok etdi.
Qayd etilishicha, ish vaqtining qisqarishiga qaramay, ularning daromadlari o‘zgarishsiz qoldi yoki hatto ko‘paydi.