Joriy yilning 7-noyabridan Toshkentda bosqichma-bosqich isitish mavsumi boshlanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Toshkent shahar hokimining qarori bilan markazlashgan issiqlik ta’minotidan foydalanuvchi iste’molchilarni issiqlik bilan ta’minlash maqsadida, 5-noyabr soat 00:00dan boshlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Toshkent shahar hokimi qarori bilan, 5-noyabr kuni soat 00:00dan boshlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Unga muvofiq ravishda, 7-noyabrdan boshlab issiqlik energiyasi bilan bosqichma-bosqich ta’minlash ishlari boshlanadi.

Agar issiqlik ta’minoti yoqilishi jarayonida biror-bir muammo va nosozliklar aniqlasa, issiqlik yetkazib beruvchi tashkilot, XUJMSh va BSK rahbarlari yoki mutasaddilari tomonidan belgilangan ishlar to‘liq amalga oshirilmayotgan bo‘lsa, quyidagi raqamlarga murojaat qilish mumkin:

  • 1055;
  • 71 210−01−87;
  • 71 210−01−41;
  • 71 210−01−11;
  • 71 210−01−63.

Bundan tashqari, fuqarolar va muassasalar rahbarlaridan hokimlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ham murojaatlar qabul qilinadi.

Avvalroq 15-noyabrdan Toshkent shahrida issiqlik ta’minoti uchun narxlar oshirilishi haqida xabar berilgandi. Aholi uchun tariflar 1 Gkal uchun 121 617 so‘m, ulgurji tashkilotlar uchun esa 244 497 so‘mni tashkil etadi.