OPEK+ davlatlari neft qazib olishni qisqartirishni dekabr oxirigacha uzaytirdi. Bu haqda “Kommersant” nashri xabar berdi.
Saudiya Arabistoni, Rossiya, Iroq, BAA, Quvayt, Qozog‘iston, Jazoir va Ummon 2024-yil dekabr oyining oxirigacha neft qazib olish hajmini sutkasiga 2,2 mln barrelgacha (b/s) cheklashni davom ettirishga kelishib oldilar.
Shuningdek, mamlakatlar 2025-yil sentabrgacha 2024-yil yanvardan boshlab rejaga muvofiq ortiqcha ishlab chiqarish hajmini qoplash niyatida ekanliklarini ma’lum qilishdi, deyiladi OPEK saytida.
Bayonotda qayd etilishicha, mamlakatlar tashkilotning hamkorlik to‘g‘risidagi deklaratsiyasiga muvofiqlikka erishish, shu jumladan ishlab chiqarishga ixtiyoriy tuzatishlar kiritishga umumiy sodiqligini tasdiqladilar.
Shuningdek, Iroq bayonoti va Rossiya va Qozog‘istonning qo‘shma bayonoti qayd etilib, unda bitim parametrlari va kompensatsiya rejalariga rioya qilishga tayyorlik tasdiqlandi.
Rossiya uchun OPEK+ doirasida 2024-yilda neft qazib olish uchun rasmiy kvota 9,95 mln b/s miqdorida belgilandi.
Rejaga ko‘ra, Rossiya apreldan noyabr oxirigacha har oyda neft qazib olishni qisqartirishi kerak edi. 2 oktyabr kuni Rossiya OPEK+ doirasida sentyabr oyidagi kelishuvlarni to‘liq bajargani xabar qilingandi.
Avvalroq “Spot” Rossiyaning neft eksporti daromadlari fevral oyidan beri eng past darajaga tushgani haqida yozgandi.
Ta’kidlashicha, 8-sentabrda yakunlangan to‘rt hafta davomida o‘rtacha daromad haftasiga $1,51 mlrdgacha pasaygan.