“Telegram” rahbari Pavel Durov o‘rnatilgan mini-ilovalar uchun yangi funksiyalar ishga tushirilishini e’lon qildi.
Ulardan ikkitasi yaqinda chiqqan messenjer yangilanishi bilan ish boshlagan, dedi messenjer asoschisi. Gap foydalanuvchilarga xabar yuborish limitini kengaytirish, shuningdek, reklamani monetizatsiya qilish haqida ketmoqda.
Boshqa funksiyalarga quyidagilar kiradi:
- to‘liq ekran rejimi;
- uy ekranidan tezkor ishga tushirish yorliqlari;
- pulli obunalarni sozlash imkoniyati;
- foydalanuvchining ruxsati bilan geolokatsiya ma’lumotlariga kirish;
- qurilmaning gorizontal yoki vertikal holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga kirish;
- media-fayllarni almashish va ularni chatlarga yuborish imkoniyati;
- sovg‘alar jo‘natish;
- emoji orqali namoyish etiladigan statuslarni qo‘llab-quvvatlash.
Yangilanishlar 2−4 hafta ichida ishga tushirilishi kutilmoqda, dedi Durov. Uning qayd etishicha, ular ishlab chiquvchilarga “o‘nlab yangi turdagi ilovalar va o‘yinlar” yaratish imkonini beradi.
Oktabr oyi boshida “Telegram” rahbari bir qator yangi funksiyalar, jumladan, yuborilgan xabarlarga media-fayllarni qo‘shish va xabar qachon tahrirlanganini ko‘rish imkoni tez orada ishga tushirilishini e’lon qilgandi. Yangillar 31-oktabrdagi yangilanishda paydo bo‘ldi.
Avvalroq “Spot” “Telegram” Qozog‘istonda ofis ochishga tayyorlanayotgani haqida xabar bergandi.