“Google” o‘z geoxizmatlariga “Gemini” asosidagi generativ sun’iy intellektni joriy qila boshladi. Bu haqda “TechSpot” nashri xabar berdi.

Yangilanishlarni “Google Maps”, “Google Earth” va “Waze” oladi. Kompaniya yangiliklar foydalanuvchilarning tabiiy muhit bilan o‘zaro ta’sirini yaxshilashi va murakkab geofazoviy muammolarni hal qilishga yordam berishiga umid qilmoqda.

AQShdagi “Google Maps” foydalanuvchilari allaqachon “Gemini” yordamida batafsil va kontekstli qidiruv natijalarini olishdi.

Endi alohida shahardagi dam olish haqida ma’lumot so‘rash mumkin bo‘ladi. Sun’iy intellekt “Google” geobozasidan ma’lumotlarni tahlil qiladi, foydalanuvchilarning tavsiyalarini ko‘rib chiqadi va joylar to‘plamini taqdim etadi.

Neyron tarmog‘i o‘zining “Google Karta” ma’lumotlar bazasidan ham, bloglardan ham foydalanadi.

Takomillashtirishlar orasida, belgilangan yo‘nalishdagi diqqatga sazovor joylar bo‘yicha tavsiyalar, avtoturargohlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham bor.

Shuningdek, qo‘shimcha reallik funksiyasi va ob-havo tufayli bosib o‘tilgan yo‘ldagi kechikishlar haqida ma’lumot mavjud.

“Google Earth"da transport rejalashtiruvchisi elektromobillar uchun eng kam quvvatlash stansiyalari bo‘lgan hududlarni topishga yordam beradi.

“Waze” esa noqulay yo‘l sharoitlari haqida xabar beruvchi ovozli yordamchiga ega bo‘ldi. Waze’da endi xaritaga maktab hududlarini qo‘shish va haydovchilarni yo‘lda ogohlantirish funksiyasi ham mavjud.


Avvalroq “Spot” “Google” sun’iy intellektga asoslangan “Learn About” interaktiv ta’lim vositasini taqdim etgani haqida yozgandi.

Yangi vosita standart matnni o‘qish va tegishli rasmlarni ko‘rish o‘rniga bu jarayonni qiziqarli muloqotga aylantirish orqali biror narsani o‘rganishga yondashuvni o‘zgartirishga qaratilgan.