Raqamli yechimlar bo‘yicha ekspert H3C Technologies Co., Limited va UNICON.UZ ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlari markazi UNICON.UZ ma’lumotlarni qayta ishlash markazida bulutli texnologiyalar uchun yechimlarni joriy etish loyihasini muvaffaqiyatli yakunlaganini e’lon qildi.

“Raqamlashtirish O‘zbekistonda barcha sohalarda faol joriy etilmoqda va biz ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlashga bo‘lgan ehtiyojning keskin ortib borayotganini ko‘rmoqdamiz. IT infratuzilma yuklamasi ko‘p karra ortib bormoqda va MTM tizimlarining imkoniyatlari va boshqarilishiga mutlaqo yangi talablar paydo bo‘lmoqda. UNICON.UZ uchun, MTM xizmatlari yetkazib beruvchisi sifatida, ishonchli, himoyalangan, zamonaviy talablarga javob beradigan data markazi IT infratuzilmasi orqali mijozlarimizga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash asosiy masala hisoblanadi. Oldimizda yangi yondashuvni, tezroq masshtablash, tarmoq resurslarini samarali taqsimlash, avtomatlashtirilgan boshqaruv, shuningdek, bulutli texnologiyalar asosida yangi xizmatlarni ishga tushirish imkonini beruvchi yanada moslashuvchan biznes modelini joriy etish vazifasi turibdi”, — deydi UNICON.UZ bosh direktori Maxsum Mahmudov.

Boy tajribaga ega bo‘lgan va kompleks yechim taklif qiladigan ishonchli hamkorni tanlash bunday darajadagi loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning eng muhim omilidir. UNICON.UZ mutaxassislari H3C bulutli IaaS-yechimining umumiy samaradorligini, xalqaro bozorda muvaffaqiyatli amalga oshirilgan loyihalarning namunalarini baholadi, natijada UNICON ma’lumotlarni qayta ishlash markazining bulutli yechimlarini joriy etish uchun yetkazib beruvchi sifatida H3C kompaniyasini tanlashga qaror qilindi.

UNICON.UZ vakillari H3C Intelligent Modular DC yechimining universalligi va foydalanishdagi soddaligini alohida ta’kidladi, bu esa MTM vazifalarini bajarish uchun vaqt va resurslarni sezilarli darajada qisqartirdi va ish samaradorligini oshirishga yordam berdi.

Loyihaning amalga oshirilishi UNICON.UZ'ga bulutli xizmatlarning keng spektrini taqdim etish va ularni O‘zbekistondagi iste’molchilar uchun yanada qulay qilish imkonini berdi.

UNICON.UZ va H3C Technologies innovatsion loyihalarni amalga oshirishda ishonchli hamkorlik va jamoalarning professionalligi muhimligini ta’kidladi. Tomonlar hamkorlik uchun bir-birlariga minnatdorchilik bildirdi va O‘zbekistonda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va raqamli transformatsiyaga umumiy hissa qo‘shish bo‘yicha rejalarni muhokama qildi.

Reklama huquqlari asosida.