Noventiq (Noventiq Holdings PLC) — bosh qarorgohi Londonda joylashgan raqamli transformatsiya va axborot xavfsizligi bo‘yicha yetakchi global yechim va xizmatlar yetkazib beruvchilardan biri. Kompaniya o‘z mijozlari biznesining raqamli transformatsiyasini ta’minlaydi, osonlashtiradi va tezlashtiradi, turli sohalardagi tashkilotlarni o‘z toifasidagi eng yaxshi AT ta’minotchilari bilan bog‘laydi, shuningdek, o‘z xizmatlari va yechimlarini taqdim etadi.
Kompaniya O‘zbekiston bozorida 20 yildan ortiq vaqtdan beri faoliyat yuritib kelmoqda va 2022-yilda Softline brendini Noventiq bilan almashtirdi. Bugungi kunda Noventiq raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt, bulutli yechimlar va kiberxavfsizlikka e’tibor qaratmoqda. Kompaniya biznes uchun innovatsion yechimlarni joriy etadi, barqaror o‘sish va jahon ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan.
Yubileyingiz haqida gapirib bering. U sizning kompaniyangiz uchun nimani anglatadi?
Yigirmanchi yil — kompaniyamiz tarixida muhim bosqich bo‘lib, bizning o‘sish va doimiy o‘zgaruvchan bozor sharoitlariga moslashish salohiyatimizhaqida guvohlik beradi. O‘tgan yillar davomida biz katta tajriba to‘pladik, bu bizga yechimlar va xizmatlar portfelimizni sezilarli darajada kengaytirish imkonini taqdim etdi. Bugungi kunda biz Microsoft, Oracle, Cisco, Dell, Lenovo, VMware by Broadcom, NVIDIA, Google va AWS va boshqalar kabi 500 dan ortiq global dasturiy ta’minot va apparat ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlik qilamiz. Bu bizga mijozlarimizga ularning o‘sishi va bozordagi mavqeini mustahkamlashga yordam beradigan o‘z sinfidagi eng yaxshi yechimlarni taklif qilish imkonini beradi.
Biz mijozlarimiz orasida 450 dan ortiq kompaniyalar, jumladan, yetakchi banklar, telekommunikatsiya kompaniyalari, davlat muassasalari va ta’lim tashkilotlari borligi bilan faxrlanamiz. Bu turli sohalardagi mijozlarning muammolarini hal qilishda moslashuvchanligimizni tasdiqlaydi. Jamoamizning tajribasi kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt, bulutli yechimlar va xizmatlar, raqamli ish o‘rinlari, zamonaviy gibrid infratuzilma va ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari, shuningdek, buyurtma ishlab chiqishgacha bo‘lgan ko‘plab boshqa sohalarni qamrab oladi. Biz har doim har bir mijozning xususiyatlarini hisobga olamiz, bu bizga qarorlarni aniq biznes vazifalariga moslashtirish imkonini beradi.
Biz mijozning biznes ehtiyojlarini tahlil qilish, optimal yechimlarni loyihalash va jahon ishlab chiqaruvchilari bilan maslahatlashuvlardan tortib, joriy etish va texnik qo‘llab-quvvatlashgacha bo‘lgan keng qamrovli xizmatlarni taqdim etamiz. Shunday qilib, biz mijozlarimizga raqamli transformatsiyaning barcha bosqichlarida hamrohlik qilamiz, barcha joriy qilingan yechimlarning xavfsizligi va samaradorligini ta’minlaymiz.
Oleg, raqamli transformatsiya nima? U biznesga nima uchun kerak?
Raqamli transformatsiya — bu biznesni zamonaviy texnologiyalar yordamida o‘zgartirish jarayonidir. Misol tariqasida — pandemiya davrida restoranlar onlayn buyurtma berish va yetkazib berishga o‘tdilar, bu nafaqat o‘z ishini davom ettirish imkonini berdi, balki mijozlar bazasini kengaytirdi. Ishlab chiqarish korxonalari o‘zlarining kundalik jarayonlarini optimallashtirish uchun raqamli texnologiyalardan foydalanadilar. Bu kompaniyalarga bozor o‘zgarishlariga tezroq javob berish va raqobatbardosh bo‘lib qolish imkonini beradi. Dunyo raqamli texnologiyalar ta’sirida shiddat bilan o‘zgarmoqda va bu o‘zgarishlarga moslashmagan hamda ushbu imkoniyatlardan foydalanmagan kompaniyalar bozordagi ulushini yo‘qotishi mumkin.
Ushbu doimiy poygada kiberxavfsizlikni ham unutmaslik muhimdir. Korxonalar raqamli texnologiyalarni o‘z biznes jarayonlariga tobora chuqurroq integratsiyalashgani sari kiberhujumlar xavfi tobora jiddiylashib bormoqda. Maxfiy ma’lumotlarning sizib chiqishi, tizimlarning ishdan chiqishi va obro‘sining yo‘qolishi biznesga tuzatib bo‘lmaydigan zarar yetkazishi mumkin. Shu bois, yangi texnologiyalarni joriy etish bilan bir qatorda axborot xavfsizligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratish lozim. Kompaniyalar ishonchli ma’lumotlarni himoya qilish tizimlariga sarmoya kiritishi, muntazam xavfsizlik tekshiruvlarini o‘tkazishi va xodimlarni kibergigiyena qoidalariga o‘rgatishi kerak. Mahalliy o‘quv markazimizda biz jahonning ilg‘or tajribasidan kelib chiqib, dastur va kurslarni ishlab chiqdik hamda ularni O‘zbekiston bozori sharoitiga moslashtirib, buyurtmachilarimizga mutaxassislarning yuqori darajadagi ekspertizasini ushlab turishga yordam berdik.
Agar NDA ruxsat bersa, eng muhim loyihalaringiz haqida gapirib bering?
So‘nggi paytlarda bizga kiberxavfsizlik darajasini oshirish, IT infratuzilmasini modernizatsiya qilish va biznes jarayonlarini avtomatlashtirishga qaratilgan loyihalar bo‘yicha so‘rovlar tez-tez kelib tushmoqda. Shu yo‘nalishlarda amalga oshirgan ayrim loyihalarimiz haqida batafsil to‘xtalib o‘tmoqchiman.
Misol uchun, “Noventiq Uzbekistan” “Balton Trading Asia” kompaniyasining biznes jarayonlarini optimallashtirishga, turli tashkiliy bo‘linmalar o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilashga va xodimlar o‘rtasidagi hamkorlik samaradorligini oshirishga yordam berdi.
Shuningdek, bizning jamoamiz The British School of Tashkent tarmoq infratuzilmasini modernizatsiya qildi va endi tarmoq har kuni 2000 dan ortiq qurilmalarga yuqori yuklamaga bardosh berib, barqaror ishlash va ma’lumotlarni uzatishning mukammal tezligini ta’minlaydi.
Biz Microsoft 365 xizmatlarini Artel infratuzilmasi va Evos tezkor ta’minot tarmog‘iga joriy etdik, bu kompaniyalarga ham ichki kommunikatsiyalarni, ham o‘z mijozlari bilan aloqalarni o‘rnatishga, shuningdek, bevosita sotuv nuqtalaridan so‘nggi fikr-mulohazalarni tezda olishga yordam berdi.
Bu bizning loyihalarimizdan ba’zilari xolos, ammo ular ham tobora ko‘proq kompaniyalar raqamlashtirishning muhimligini anglab yetayotganini va mutaxassislarga murojaat qilayotganini ko‘rish imkonini beradi. Ishonchimiz komilki, yaqin kelajakda bunday loyihalarning ko‘lami va murakkabligi yanada ortadi.
Oleg, brendning o‘zgarishi kompaniya ishiga qanday ta’sir qildi?
Rebrending biz uchun haqiqiy oldinga qadam bo‘ldi. Bu shunchaki nomni o‘zgartirish emas, balki global integratsiya va xalqaro maydondagi mavqeimizni mustahkamlashga signal.
Bugungi kunda mijozlarimiz bizni yangi nom bilan bog‘lay boshlaganini ko‘rib turibmiz va bu bizning to‘g‘ri yo‘lda ekanligimizni ko‘rsatadi va yangi brend biz uchun yanada rivojlanish uchun turtki bo‘ldi.
Kompaniyaning va umuman bozorning keyingi rivojlanishini qanday ko‘rasiz?
O‘zbekiston bozori, ayniqsa, raqamli transformatsiya va kiberxavfsizlik sohasida jadal rivojlanishni boshdan kechirmoqda. Biznes raqobatbardosh bo‘lib qolish uchun innovatsiyalarni faol joriy etmoqda. Biz yanada o‘sish uchun ulkan salohiyatni ko‘ramiz, shuning uchun jamoamizni kengaytiramiz va mahalliy ekspertizamizni kuchaytiramiz.
Texnologiyalar juda tez o‘zgarmoqda va bu ham muammolar, ham imkoniyatlar yaratadi. Bizning vazifamiz — mijozlarimizga dolzarb va ishonchli yechimlarni taklif qilib, bir qadam oldinda bo‘lishdir. Shu bilan birga, biz mijozlarimiz xodimlarini yangi vositalardan samarali foydalanishlari uchun o‘qitishga alohida e’tibor qaratamiz.
Umuman olganda, O‘zbekiston IT-bozorining rivojlanishi haqida gapiradigan bo‘lsak, bir nechta asosiy tendensiyalarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
- kompaniyalar ma’lumotlar xavfsizligiga alohida e’tibor qaratgan holda xarajatlarni optimallashtirish va IT infratuzilmasining moslashuvchanligini oshirish uchun gibrid bulutli yechimlardan ko‘proq foydalanadilar;
- sun’iy intellekt va mashinaviy ta’limni keng joriy etish odatiy vazifalarni avtomatlashtirish va biznes jarayonlarini katta ma’lumotlar yordamida yaxshilashga yordam beradi;
- kiberhujumlar sonining ko‘payishi sharoitida ma’lumotlarni himoya qilish talablarini oshirish va axborot xavfsizligi uchun kompleks yechimlarni joriy etish ustuvor ahamiyat kasb etadi.
Sizningcha, kompaniyaning rivojlanishi va muvaffaqiyati uchun asosiy omil nima?
Mijozlar va hamkorlar — muvaffaqiyatimizning asosi. Biz uzoq muddatli, o‘zaro manfaatli munosabatlarni qadrlaymiz va ularga tez o‘zgaruvchan dunyoda ishonchli rivojlanish va raqobatdosh ustunliklarni saqlab qolishga yordam beradigan ilg‘or texnologiyalar va yechimlarni taqdim etishga intilamiz.
Yigirma yillik yubileyimiz nafaqat ortga nazar tashlash, balki yangi yutuqlar uchun ilhom manbai ham bo‘ldi. Ishonchimiz komilki, Noventiq brendi ostida yanada yuqori cho‘qqilarga erishib, mijozlarimiz va hamkorlarimizga yanada ko‘proq foyda keltirishimiz mumkin.
Sayt: noventiq.uz
Sayt O‘M: edu.noventiq.uz
Faceboook: fb.com/noventiquz
Telegram: t.me/NoventiqUzbekistan
LinkedIn: linkedin.com/noventiq-uzbekistan
Reklama huquqlari asosida.