“TBC Bank Uzbekistan"ning kredit portfeli 30-iyun holatiga 5,86 trln so‘mni tashkil qildi. Bu haqda bankning 2024-yilning uchinchi choragi bo‘yicha hisobotida ma’lum qilingan.

2024-yil 30-sentabr holatiga ko‘ra naqd pul va mikroqarz ko‘rinishidagi kreditlarining bozor ulushi 14,8%ni (2023-yil yakunlariga ko‘ra — 13,9% edi) tashkil etdi.

Omonatlar hajmi 2024-yil 30-sentabr holatiga ko‘ra 4 trln so‘mgacha oshdi (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 70%ga o‘sish), bu O‘zbekistondagi bunday omonatlarning umumiy hajmining 3,5%ni tashkil etadi. Tegishli davrda “TBC Bank Group” jismoniy shaxslar omonatlari portfelining 10%i “TBC Uzbekistan"ga to‘g‘ri keldi.

Umumiy operatsion daromad 2024-yilning uchinchi choragida 520 mlrd so‘mgacha oshdi (o‘sish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 103%ni tashkil etdi), “TBC Bank Group” umumiy operatsion daromadining 15%i TBC Uzbekistan’ga to‘g‘ri keldi. Sof foiz marjasi 2024-yilning uchinchi choragida 25%ni tashkil etdi.

Sof foyda esa 147,6 mlrd so‘mga ko‘tarildi (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 132%ga o‘sish) va 2024-yilning birinchi to‘qqiz oyida 343 mlrd so‘mni tashkil etdi (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 97%ga o‘sish).

2024-yilning uchinchi chorak yakuni bo‘yicha “TBC Bank Group” sof foydasining 9%i “TBC Uzbekistan"ga to‘g‘ri keldi.

Kapital rentabelligi (ROE) 2024-yilning uchinchi choragida 28,2%ni va 2024-yilning birinchi to‘qqiz oyida 26,6%%ni tashkil etdi.

Iyun oyi oxirida “TBC Uzbekistan” ilovasida 15,7 mln foydalanuvchi (yoki olti oy avvalgidan 2,5 mln ko‘proq) o‘tgan. Shu bilan birga, oylik faol mijozlar soni 4,7 mln kishini tashkil etadi.

Sentabr oyi oxirida, “TBC Uzbekistan” ilovasida 17 mln foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 40%ga o‘sgan). Oylik faol foydalanuvchilar soni (MAU) 5 mln deb qayd etildi (2023-yilning uchinchi choragiga nisbatan 34%ga o‘sish).


Avvalroq “Spot” “TBC Bank Uzbekistan” “responsAbility Investments AG” kompaniyasidan $10 mln jalb qilgani haqida yozgandi.

Shveysariya investitsiya fondi tomonidan bankga kiritilgan sarmoyaning umumiy miqdori $35 mlnni tashkil etdi.