Joriy yilning to‘qqiz oyida o‘zbekistonlik tadbirkorlarning “Wildberries"dagi savdosi yillik nisbatda 87 barobarga oshdi. Bu haqda marketpleys matbuot xizmati “Spot"ga xabar berdi.

Platformadagi xaridorlar orasida mahalliy ishlab chiqarilgan eng ommabop tovarlar kiyim-kechak va uy uchun to‘qimachilik mahsulotlari bo‘lmoqda: futbolkalar (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish 40%), yuvinish sochiqlari (+35%), pijamalar (+40%), longslivlar (+49%), sport kostyumlari (+34%) va choyshablar (+112%).

O‘zbekistondan eng ko‘p to‘qimachilik mahsulotlari Rossiyada sotib olinadi. Yanvar-sentyabr oylarida kiyim-kechak savdosi pul ifodasida 66%ga, uy uchun to‘qimachilik mahsulotlari 75%ga o‘sdi.

Bundan tashqari, Belarusda o‘zbek tovarlari savdosi 124%ga, Qozog‘istonda — 140%ga, Qirg‘izistonda — 192%ga, Armanistonda — 23%ga oshdi.

To‘qqiz oy davomida O‘zbekiston mahsulotlari savdosi Rossiya (+78%), Belarus (+105%), Qozog‘iston (+165%), shuningdek, Qirg‘izistonda (+285%) ham o‘sdi. Mahalliy idish-tovoq va inventarlarni ko‘proq Qozog‘iston (+42%) va Qirg‘iziston (+100%) aholisi xarid qiladi.

O‘zbekistonliklar “Wildberries"da nimalarni sotib olishadi?

Eng jadal rivojlanayotgan toifalar orasida quyidagilar yetakchilik qiladi:

  • kiyim-kechaklar (yiliga nisbatan 95%);
  • salomatlik (+80%);
  • poyabzal (+61%);
  • idish-tovoq va inventar (+59%);
  • aksessuarlar (+49%);
  • kitob mahsulotlari va disklar (+47%);
  • kosmetika va parfyumeriya (+44%);
  • o‘yinchoqlar (+38%);
  • maishiy texnika (+35%);
  • mahsulotlar (+16%).

Platformada o‘zbekistonliklar tomonidan xarid qilinadigan top-10 tovarlar qatoriga quyidagilar kirdi: choy, pul ekvivalentida sotuvlar o‘sishi o‘tgan yilga nisbatan 25,5 barobarga oshdi, oziq-ovqat va o‘simlik ekstraktlari (+323%), sog‘lomlashtirish kosmetikasi (+264%), to‘g‘nog‘ichlar (+212%), otkritkalar (+197%), longslivlar (+174%), atirlar (+160%), kostyumlar (+157%), ko‘ylaklar (+154%) va uy parfyumeriyalari (+140%).

“Wildberries” buyurtmani qabul qilish punktlarining bo‘lajak egalari uchun yangi shartlarni e’lon qildi. Bino maydoni uchun talablar 70 kv.metrdan dan 30 kv.metrgacha kamaytirildi, shuningdek, aylanmasi 82 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan BBP uchun 28 mln so‘m miqdorida bir martalik to‘lov nazarda tutilgan.

“Ayni paytda butun mamlakat bo‘ylab Toshkent, Nukus, Marg‘ilon, Jizzax, shuningdek, Farg‘ona, Urganch, Angren va Navoiy kabi shaharlarda yangi tarqatish nuqtalarini ochish uchun 2600dan ortiq istiqbolli zonalar mavjud”, — deyiladi marketpleys xabarida.

Avvalroq “Ozon"ning mamlakatdagi rahbari Jamshid Zohidov “Spot"ga nima uchun marketpleys bozorga chiqishga qaror qilgani, BBP tarmog‘i va logistikani rivojlantirish rejalari hamda o‘zbekistonlik tadbirkorlarni Ozon bilan hamkorlikda nimalar kutayotgani haqida so‘zlab bergandi.