Bandlik vazirligi xotin-qizlar uchun tadbirkorlik bo‘yicha o‘quv seminariga qabul boshlanganini e’lon qildi.
Unda o‘z biznesini boshlash va mamlakat bo‘ylab xaridorlarni topish istagida bo‘lgan xotin-qizlar ishtirok etishlari mumkin.
Dastur vazirlik, BMTTD, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda “Uzum Academy” tomonidan amalga oshirilmoqda hamda o‘z ichiga moliyaviy savodxonlik va elektron tijorat bo‘yicha bepul o‘quv seminarlarini qamrab oladi.
Seminarlar har bir hududdagi “Ishga marhamat” monomarkazlarida quyidagi belgilangan muddatlarda tashkil etiladi:
- 12−13 noyabr — Qarshi shahri;
- 14−15 noyabr — Angor tumani;
- 19−20 noyabr — Samarqand shahri;
- 21−22 noyabr — Jizzax shahri;
- 25−26 noyabr — Farg‘ona shahri;
- 27−28 noyabr — Andijon shahri;
- 29−30 noyabr — Namangan shahri;
- 2−3 dekabr — Navoiy shahri;
- 5−6 dekabr — Guliston shahri;
- 9−10 dekabr — Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani.
O‘quv seminarida ishtirok etishni xohlovchi xotin-qizlar mazkur monomarkazlarga tashrif buyurishlari mumkin.
Bu kabi o‘quv-seminarlarni mamlakat bo‘ylab muntazam davom ettirish rejalashtirilgan. Uning doirasida 500 nafar xotin-qizlarda tadbirkorlik ko‘nikmalari shakllantiriladi.
Monomarkazlar manzillari va telefon raqamlari bilan havola orqali tanishish mumkin.
Avvalroq xotin-qizlar uchun Toshkentda bepul SMM kursiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi. Dasturga ming nafar ishtirokchi tanlab olinadi. Arizalarni 25-oktabrgacha jo‘natish kerak.