Kanada hukumati milliy xavfsizlikka tahdid tufayli “TikTok Technology Canada” kompaniyasining mamlakat hududidagi faoliyatini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Ammo Kanada hukumati qanday aniq xavflar haqida gap ketayotganini aniqlashtirmadi.
“TikTok"ning ta’kidlashicha, mahalliy ofislarning yopilishi va “yuzlab” ish o‘rinlarining qisqartirilishi “hech kimning manfaatiga javob bermaydi,” deb yozadi Reuters.
Qayd etilishicha, Xitoyning “ByteDance” kompaniyasiga tegishli ijtimoiy tarmoq bu qarorga e’tiroz bildirishni rejalashtirmoqda.
Talabga qaramay, rasmiylar foydalanuvchilarning ilovaga kirishini bloklamaydi yoki kontentni nashr etishni taqiqlamaydi.
Ottava universiteti internet huquqi professori Maykl Gaystning fikricha, hukumatning “TikTok” ilovasini emas, balki xizmatini taqiqlash to‘g‘risidagi qarori vaziyatni yanada yomonlashtirishi mumkin.
Chunki bu xizmat bilan bog‘liq xavf-xatarlar yo‘qolmaydi, ammo kompaniyani javobgarlikka tortish yanada qiyinlashadi.
Avvalroq “Spot” “TikTok” 35 daqiqada qaramlikni keltirib chiqarishi haqidagi tadqiqot natijalarini yozgandi.
Unga ko‘ra, foydalanuvchida qaramlik shakllanishi uchun o‘rtacha davomiyligi 8 soniya bo‘lgan jami 260ta video tomosha qilish yetarli hisoblanadi: