“Google” “Messages” ilovasida yuboriladigan tasvirlar sifatini tanlash funksiyasini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Bu haqda “Android Authority” nashri xabar berdi.

Ilovaning beta-versiyasida yuborish uchun tasvirlarni tanlashda HD va HD+ belgilari paydo bo‘ldi — bu yuborishdan oldin uzatilayotgan tasvirning sifatini tanlash imkonini beradi.

HD holatida tasvir sifatning pasayishi hisobiga optimallashtiriladi, HD+ funksiyasi bilan esa tasvirni dastlabki holatda yuborish mumkin bo‘ladi.

Qaysi variantni tanlashingizdan qat’i nazar, bu belgi pastki o‘ng burchakdagi belgi bilan birga ko‘rsatiladi.

Ayni paytda funksiyaning barcha foydalanuvchilar uchun qachon ochiq bo‘lishi noma’lum.

Avvalroq “Google Messages"da selfi GIFlar funksiyasini qo‘shilishi haqida xabar berilgandi.

Foydalanuvchilar qisqa videolarni yozib olishlari mumkin bo‘ladi. Ularning davomiyligi atigi uch soniya. Bunday videolar har qanday foydalanuvchiga yuborilishi mumkin bo‘lgan GIF-fayllariga aylanadi.

Video selfi yaratish uchun suhbatni ochish yoki boshlash, keyin xabarlar tepasidagi kamera belgisini bosib ushlab turish kerak.

Ortga hisoblash boshlanadi va keyin yozib olish avtomatik ravishda boshlanadi. Old kamerani asosiysiga almashtirish, video tayyor bo‘lgach, uni yuborish mumkin.