Joriy yilning 7-noyabr kuni avtoraqam.uzex.uz savdo platformasida o‘tkazilgan onlayn-auksionda jami 3,82 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi. Bu haqda respublika tovar xom-ashyo birjasi matbuot xizmati xabar berdi.
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan xarid qilingan jami avtomobil raqamlari soni 789tani tashkil etib, tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 4,9 mln so‘m bo‘lgan.
Shu kuni birja savdolari orqali sotilgan eng arzon avtomobil davlat raqami qiymati 1,9 mln so‘m bo‘ldi.
Eng qimmat sotilgan avtoraqam qiymati esa 408,4 mln so‘mni tashkil etgan.
4-oktabr kuni o‘tkazilgan birja savdosida eng qimmat avtoraqam narxi 329,6 mln so‘m bo‘lgandi.
Joriy yilning to‘qqiz oyi davomida birja savdolarida 152 mingdan ortiq avtomobil raqamlari sotilgan bo‘lib, ularning umumiy qiymati 620 mlrd so‘mni tashkil etgan. Avtoraqamlardan 97%i jismoniy, qolgan 3%i esa yuridik shaxslarga to‘g‘ri keladi.
Eng qimmat sotilgan avtoraqam qiymati 517,1 mln so‘mni tashkil etdi. Ikkinchi o‘rinda 10-iyul kuni 508 mln so‘mga sotilgan “chiroyli” avtomobil raqami turadi. Bundan tashqari, sentabr oyida yana bir raqam kimoshdi savdosida 351,9 mln so‘mga sotilgan.