9-noyabr kuni Click xodimlari Toshkentda 2700 dan ziyod daraxt ekadi va yaqin vaqt ichida bu tashabbusga barcha Yashil Meros foydalanuvchilari ham qo‘shilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ular ekoball yig‘ib, ularni Toshkent va boshqa hududlarda daraxt ekish uchun ishlatishlari mumkin bo‘ladi.

Yorqin kelajakka hissa qo‘shish juda oson: ortiqcha chiqindiga aylanadigan qog‘oz cheklardan voz kechish, naqd pulsiz to‘lovlar amalga oshirish, shaxsiy avtomobil o‘rniga jamoat transporti yoki elektrosamokatdan foydalanish yoki do‘konlarda xaridlar uchun plastik paketlardan voz kechish kabi kichik harakatlar orqali har kim atrof-muhitni himoyasiga o‘z hissasini qo‘shishi mumkin.

Click xodimlari o‘zlarining vazifalarini nafaqat ekologik tashabbuslarda faol ishtirok etishda, balki O‘zbekiston aholisiga atrof-muhitni muhofaza qilish uchun kundalik oddiy harakatlar orqali foydalanish imkonini beradigan qulay vositani taqdim etishda ko‘rishadi.

Bunday yondashuv, ya’ni butun mamlakat bo‘ylab foydalanuvchilarni yagona tashabbusga birlashtirish — o‘z samarasini allaqachon ko‘rsatgan. Joriy yil bahorida Click o‘z ilovasida Inson Uchun xayriya platformasini ishga tushirdi, bu platforma orqali davolanishga muhtoj bolalarga manzilli yordam ko‘rsatish mumkin. Bolalar haqidagi barcha ma’lumot alohida profillar shaklida taqdim etilib, ularning haqqoniyligi xayriya jamg‘armalari va Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan kafolatlanadi. Mazkur platforma orqali hozirga qadar 4 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ yig‘ilgan bo‘lib, ular 159 bolaning davolanishini ta’minlagan.

Yashil Meros ekologik platformasi yaqin vaqtda Click ilovasida foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘ladi.

Reklama huquqlari asosida.