“Hududgazta'minot"ning 2024-yil birinchi yarmidagi daromadi 8,38 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 57%ga o‘sdi. Bu haqda davlat kompaniyasining Korporativ axborot yagona portalidagi hisobotida keltirilgan.
Shu bilan birga, kompaniyaning yalpi foydasi bor-yo‘g‘i 31,8%ga o‘sib, 1,16 trln so‘mni tashkil etdi. Realizatsiya qilingan gaz tannarxi o‘tgan yilga nisbatan sezilarli daraja — 61%ga ko‘tarildi va 7,22 trln so‘m bo‘ldi.
Kompaniyaning ma’muriy va operatsion xarajatlari 584,2 mlrd so‘mni tashkil etib, chorakdan kamga oshdi. Barcha daromadlarni hisobga olgan holda, kompaniya asosiy faoliyatidan 593,18 mlrd so‘m foyda oldi.
Moliyaviy jihatdan daromadlar 15,4 mlrd so‘mga (-43,6%) qisqardi, bu asosan valyuta kursi farqidan olingan foydaning pasayishi bilan bog‘liq. Valyuta tebranishlari tufayli ko‘rilgan zararlar ham 59,74 mlrd so‘mga (-36,7%) kamaydi, ammo foiz to‘lovlari chorakdan ko‘proqqa — 255,1 mlrd so‘mga oshdi.
Bu davrda “Hududgazta'minot"ning sof foydasi 229,97 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan ikki barobar oshgan. Kompaniya 63,77 mlrd so‘m daromad solig‘i to‘lagan (+27,9%).
Shuningdek, kompaniya aktivlari iyun oyi oxirida 13,34 trln so‘mni tashkil etib, asosan, debitorlik qarzlari hisobiga qariyb 1 trln so‘mga ko‘paydi. Shu bilan birga, kompaniya majburiyatlari 739 mlrd so‘mga o‘sdi.
Avvalroq prezident energetika korxonalarining birinchi vazifasi tannarxni kamaytirish ekanligini qayd etgandi. Taqsimlash tarmoqlarini xususiy sheriklik asosida investorlarga berish orqali ularni modernizatsiya qilishga $4 mlrd jalb qilish mumkin.