“Uzbekistan Airways” uchinchi LET L-410 havo kemasini qabul qilib oldi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 7-oktabr kuni Toshkent aeroportiga yetib kelgan mazkur samolyot kutib olindi.

LET L-410 — Chexiyaning “LET Aircraft Industries” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ikki dvigatelli mintaqaviy samolyot. Havo kemasi qisqa yo‘nalishlar uchun mo‘ljallangan va 19 tagacha yo‘lovchini tashishi mumkin.

Havo kemasidan “Uzbekistan Airways"ning shuba korxonasi — “Silk Avia"ning mamlakat ichidagi aviaqatnovlarida foydalaniladi.

Hozirda “Silk Avia” flotida ikkita LET L-410 havo kemalari mavjud hamda ular ichki yo‘nalishlarda yo‘lovchilarini tashish uchun xizmat qilmoqda.

2023-yilning iyun oyida “Uzbekistan Airways” “LET Aircraft Industries” bilan LET L-410 turbovintli havo kemalarini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Shu tariqa, iyul oyida birinchi, avgustda esa ikkinchi LET L-410 samolyoti Toshkentga yetib keldi.