“Microsoft” korporatsiyasi “Windows 11"da “Notepad” matn muharririga “Rewrite” neyron tarmoqlari asosida matn tahrirlash funksiyasini qo‘shdi.
Qayd etilishicha, ushbu funksiyadan “Windows Insider” dasturidan foydalanuvchilar foydalanishlari mumkin.
“Rewrite” funksiyasi sun’iy intellekt yordamida jumlalarni qayta ifodalash, kontent uzunligini o‘zgartirish va jumlalar ohangini o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Undan foydalanish uchun “Notepad"da matn qismini ajratib olishlari kerak, shundan so‘ng sichqonchaning o‘ng tugmasi bilan ajratilgan fragmentni bosib, “Rewrite” (Qayta yozish) variantini tanlash kerak.
Ilovada muloqot oynasi paydo bo‘ladi, unda foydalanuvchilarga matnni qanday o‘zgartirish (masalan, uni uzunroq yoki qisqaroq qilish) variantlari taklif etiladi.
Shundan so‘ng, “Rewrite” uchta tahrirlangan versiyani ko‘rsatadi, ulardan foydalanuvchilar kerakli variantni tanlashlari mumkin.
Sun’iy intellekt funksiyalaridan foydalanish uchun “Microsoft” hisobiga kirish kerak, chunki funksiya bulutli xizmat bazasida ishlaydi va avtorizatsiya hamda autentifikatsiyani talab qiladi.
Bu funksiyadan AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Fransiya, Italiya va Germaniyadan kelgan foydalanuvchilar foydalanishlari mumkin.
Avvalroq “Spot” “Microsoft Word"da imloni o‘rgatish funksiyasi qo‘shilgani haqida yozgandi.
Shuningdek, funksiya auditoriyaga qarab matnning aniqligi, tuzilishi va jumlalar uyg‘unligini yaxshilash bo‘yicha maslahatlar beradi.