“Nvidia” yana bozor kapitallashuvi bo‘yicha “Apple” va “Microsoft"ni ortda qoldirib, dunyodagi eng yirik kompaniyaga aylandi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
Uning bozor qiymati $3,5 trlnga yetdi, bu “Apple” ($3,3 trln) va “Microsoft” ($3,1 trln) kapitallashuvidan oshib ketdi. Bu joriy yilda ikkinchi marta “Nvidia"ning bozor qiymati bo‘yicha birinchi o‘rinni egallashi, birinchi holat iyun oyida qayd etilgan.
Kompaniya aksiyalari yil boshidan beri 200%dan ortiq, so‘nggi besh yil ichida esa 2700%dan ko‘proqqa o‘sdi.
“Nvidia” shuningdek, bu yil “S&P 500” indeksining umumiy 21%lik o‘sishining taxminan to‘rtdan bir qismini ta’minlagan. Kompaniya daromadining joriy moliya yilida ikki barobarga ko‘payishi va kelgusi yilda yana 44%ga oshishi kutilmoqda.
Tahlilchilarning ta’kidlashicha, kompaniyaning fond bozoridagi keskin o‘sishi sun’iy intellektga bo‘lgan qiziqishning jadal o‘sishda davom etayotganini tasdiqlaydi
Sun’iy intellekt uchun chiplarning asosiy yetkazib beruvchisi bo‘lgan “Nvidia” “sun'iy intellekt sur’ati” faqat kuchayib borishini kutgan holda raqobatchilarni ortda qoldirdi.
Kompaniya ma’lumotlarni qayta ishlash va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish uchun uning yechimlaridan faol foydalanadigan “Meta”, “Microsoft” va “Google” kabi eng yirik texnologik gigantlar bilan hamkorlik qiladi.
Avvalroq “Spot” Trampning g‘alabasi dunyoning eng boy o‘nta odamiga $64 mlrd foyda keltirgani haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, asosiy foyda oluvchi Ilon Mask bo‘ldi, uning boyligi bir kunda $290 mlrdgacha o‘sdi.