“Tesla” asoschisi Ilon Mask kompaniyaning brend smartfoni haqidagi dastlabki tafsilotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Jurnalist Jon Roganga bergan intervyusida tadbirkor quyidagi fikr bilan o‘rtoqlashdi: “Mobil telefonlar ishlab chiqarish — bu „Tesla“ shug‘ullanishni xohlaydigan narsa emas, faqatgina „Apple“ va „Google“ juda yomon bir narsa qila boshlasagina bu haqda o‘ylashimiz mumkin.”
“Yo‘q, biz mobil telefonlar tayyorlamaymiz. “Tesla” operatsion tizimi “Linux"ga asoslanganligi sababli, smartfonlar ishlab chiqarish imkoniyatimiz bor. Bundan tashqari, biz ko‘p miqdorda o‘z dasturiy ta’minotimizni yaratganmiz, shu bois “Tesla” boshqa kompaniyalarga nisbatan mutlaqo yangi mobil telefon ishlab chiqishga ko‘proq moslashgan bo‘lishi mumkin. Biroq, bunga zarurat bo‘lmasa, biz bunday ish bilan shug‘ullanishni xohlamaymiz”, — degan Mask.
“Tesla” qanday sharoitda o‘z smartfonini chiqaradi? degan savolga Ilon Maskka quyidagicha javob berdi:
“Men o‘ylayman, agar „Apple“ va „Google“ juda yomon ishlar qila boshlasa, masalan, ilovalarni senzura qilsa yoki foydalanuvchi ma’lumotlarini qoniqarsiz himoya qilsa, shunda biz o‘zimizning mobil telefonimizni yaratamiz”.
Maskning ta’kidlashicha, “Tesla” iOS yoki Androidga o‘xshamaydigan operatsion tizimni yaratish uchun dasturiy ta’minot sohasida yetarlicha ish olib borgan.
Masalan, “Tesla” elektromobillari ba’zi o‘zgarishlar bilan “Linux” proshivkasi bilan jihozlanmoqda, bu esa avtomobillarning operatsion tizimini xavfsizroq va buzilish ehtimoli kamroq qiladi.
Ehtimol, agar “Tesla” o‘z telefonini chiqarmoqchi bo‘lganida, u ham “Linux"da ishlagan bo‘lardi. Biroq Ilon kompaniyaning ushbu bozorga kirishiga “ehtiyoj qolmaydi” deb umid qiladi.
Avvalroq “Spot” “Tesla” robot taksi va robofurgonni namoyish qilgani haqida yozgandi.
Robot taksini ommaviy ishlab chiqarish 2026-yilda boshlanadi, har bir avtomobilning narxi $30 mingdan kam bo‘ladi.