Ilon Maskning boyligi “Tesla” kompaniyasi aksiyalarining o‘sishi hisobiga ilk bor $300 mlrddan oshdi, deya xabar bermoqda “Bloomberg”.
"Tesla" aksiyalari 7%dan ko‘proqqa ko‘tarilib, 8-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan kimoshdi savdosida bir donasi $319ga yetdi, deb yozadi “Forbes”. Natijada kompaniyaning bozor kapitallashuvi 2022-yil aprelidan beri birinchi marta $1 trlndan oshdi.
9-noyabr holatiga, “Tesla” va “SpaceX” kompaniyalari rahbarining boyligi $314 mlrdga baholanmoqda.
“CNBC” nashrining ta’kidlashicha, Donald Trampning AQSh prezidenti saylovidagi g‘alabasi fonida “Tesla” aksiyalari bu hafta taxminan 27%ga oshgan.
Hozirda “Bloomberg"ning dunyoning eng badavlat kishilarining yangilangan reytingida ikkinchi o‘rinda “Amazon” asoschisi Jeff Bezos turibdi, uning boyligi $230 mlrdga baholangan.
Kuchli uchlikni “Meta"asoschisi Mark Sukerberg $187 mlrd bilan bilan yakunladi.
Undan keyingi o‘rinni “Oracle” hammuassisi Larri Ellison $202 mlrd boylik bilan egallagan bo‘lsa, kuchli beshlikni “Louis Vuitton Moet Hennessy” rahbari va egasi Bernard Arno $172 mlrd boyligi bilan yakunladi.
Donald Trampning 5-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovidagi g‘alabasi dunyodagi o‘nta eng boy odam boyligining rekord darajada o‘sishiga olib keldi.
Umuman olganda, milliarderlarning boyligi $64 mlga oshdi, bu “Bloomberg Billionaires Index” 2012-yilda ishga tushirilganidan beri eng katta kunlik o‘sish bo‘ldi.
Ro‘yxatda yetakchilik qilayotgan Ilon Mask $26,5 mlrdga boyidi, uning umumiy boyligi esa bir kunda 10%dan ortiqqa ko‘payib, $290 mlrdga yetdi. “Tesla” aksiyalari 15%ga qimmatlab, har bir aksiya uchun $288,5ga yetdi — bu 2022-yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. Avtomobil ishlab chiqaruvchisi qog‘ozlarining yillik o‘sishi 32%dan ortiqni tashkil etdi.
Ilon Mask Donald Tramp prezidentlik kampaniyasining eng yirik homiylaridan biri bo‘lib, siyosatchining o‘zi milliarderni samaradorlik bo‘yicha hukumat komissiyasi rahbari etib tayinlashga va’da bergan.
Asosiy foyda oluvchilar ro‘yxatida keyingi o‘rinlarda “Amazon” asoschisi Jeff Bezos va “Oracle” hammuassisi Larri Ellison turibdi. Bu Amerika fond bozorining sezilarli darajada ko‘tarilishi bilan bog‘liq bo‘lib, bunda “S&P 500” indeksi 2,5%ga oshgan.