Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining daromadi 9 oyda 55%ga oshdi. Bu haqda “Spot” tanishgan korxonaning moliyaviy hisobotida aytiladi.
Yil boshidan beri neftni qayta ishlash mahsulotlarining sotuvidan zavod 1,83 trln so‘m daromad oldi, bunda mahsulotlarning tannarxi 998,15 mlrd so‘mni tashkil etdi (+48,8%). Yalpi foyda o‘tgan yilga nisbatan 63,3%ga oshib, 831,91 mlrd so‘mga yetdi.
Ma’muriy va operatsion xarajatlarning o‘sishi atigi 6,6%ni tashkil etdi — yil boshidan ular 301,5 mlrd so‘mni tashkil etdi. Buning natijasida asosiy faoliyatdan olingan foyda 2,2 barobarga oshib, 545,85 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining valyuta kurslari farqidan olgan foydasi atigi 130,75 mlrd so‘mni tashkil etib, besh baravardan ko‘proq qisqardi. Shu bilan birga, valyuta kursining o‘zgarishi natijasida ko‘rilgan zarar chorakga kamayib, 35,15 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Biroq, o‘tgan yilga nisbatan kompaniyaning foiz to‘lovlari sezilarli darajada oshib, 461,6 mlrd so‘mni tashkil etdi. Oqibatda zavodning soliq to‘lagunga qadar foydasi qariyb 4 barobarga kamayib, 184,04 mlrd so‘mga yetgan.
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining to‘qqiz oydagi sof foydasi 164,3 mlrd so‘mni (-73,5%) tashkil etdi. Korxona 19,7 mlrd so‘m soliq to‘lagan.
Korxona aktivlari 6,49 trln so‘mga (+16,7%) ko‘paydi, bu asosan xaridorlar tomonidan debitor qarzdorlikning uch barobar o‘sishi hisobiga. Shu bilan birga, yangi bo‘naklar va kreditorlik qarzlari tufayli majburiyatlar 17,5%ga oshib, 5,17 trln so‘mni tashkil etdi.