10-noyabr kuni bitkoin kursi birinchi marta $80 mingdan oshdi.

“Binance” ma’lumotlariga ko‘ra, savdoning yuqori nuqtasida token $80,080dan sotilgan, keyinchalik uning narxi $79,657gacha pasaygan

Toshkent vaqti bilan soat 17:05 holatiga ko‘ra kriptovalyuta narxi $79,985ni tashkil qildi.

bitkoin

Donald Trampning AQSH prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasi fonida kriptovalyuta narxi o‘sishni 16,3%ga yetkazdi — u saylov kampaniyasi davomida bitkoin va umuman kriptovalyuta sanoatini qo‘llab-quvvatlab, uning rivojlanishiga hissa qo‘shishga va’da berdi.

6-noyabr kuni bitkoin qisqa vaqt ichida birdaniga 8%ga qimmatlab, $75 mingga, 7-noyabrda — $76 mingga, 8-noyabrda esa $77 mingga yetdi.

Prognozlarga ko‘ra, bitcoin narxi 2024-yil oxiriga kelib $160 mingga, 2025-yilning ikkinchi yarmida esa $350 mingga yetishi mumkin.